Топ-100
Back

ⓘ Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogi - Toshkent viloyatining Bostonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarining togli hududlarida joylashgan milliy bog. 1990 yilda ..




                                     

ⓘ Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogi

Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogi - Toshkent viloyatining Bostonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarining togli hududlarida joylashgan milliy bog. 1990 yilda tashkil etilgan. Umumiy maydoni 574.6 ming ga, shu jumladan 56.4 ming ga ormonlar bilan qoplangan; archazorlar 64679 ga, shumtolzorlar 139 ga, zarangzorlar 565 ga, bodomzorlar 1670 ga, oq qayinzorlar 985 ga, yongoqzorlar 1424 ga, yovvoyi olmazorlar 1451 ga, dolanazorlar 2056 ga. Umuman milliy bogda 70 dan ortiq daraxt va 80 ga yaqin buta turlari osadi. Osimliklar turi 1000 dan ortiq. Ormonlar asosan shimoliy va sharqiy qiyaliklarda. Janubiy qiyaliklar siyrak daraxtzorlar yoki qalin butazorlardan, kopincha yaydoq yerlardan iborat.

Milliy bogning hayvonot dunyosi ham har xil va boy: tongiz, tog echkisi, qongir ayiq, bori, tulki, quyon va boshqa hayvonlar, kaklik, qirgovul, kaptar, burgut, zaxcha, chugurchuq kabi har xil qushlar bor.

Milliy bog iqlimi kontinentalligi bilan ajralib turadi. Ortacha harorat qishda - 14.5° dan - 32° gacha, yozda 33.5° dan 42° gacha yetadi. Yillik yogingarchilik miqdori 400 mm dan 900 mm gacha. Milliy bogda pastki toglik 900– 1500 m, orta toglik 1500 - 2400 2600 m), baland toglik 2600– 3000 m, alp 3000 m dan yuqori, subalp 3200–3800 m poyaslari mavjud. Milliy bog hududida Ugom, Koksuv, Chatqol, Chirchiq, Ohangaron daryolari va juda kop soy va soyliklar bor. Daryolar sohillari va soyliklar atroflarida oromgoxlar tashkil etilgan, suv omborlari, Chorvoq GES, Xojakent GES, Gazalkent GESlari bor. Abdushukur Xonazarov.