Топ-100
Back

ⓘ Fan komiteti, Ozbekiston Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi fan komiteti - 1930- yillarda Ozbekistonda fan shtabi vazifasini bajargan ilmiy tashkilot. 1932 y ..




                                     

ⓘ Fan komiteti

Fan komiteti, Ozbekiston Xalq Komissarlari Kengashi huzuridagi fan komiteti - 1930- yillarda Ozbekistonda fan shtabi vazifasini bajargan ilmiy tashkilot. 1932 yil okt.da Ozbekiston MIK xuzurida tashkil etilgan. Uning tarkibida geol. va mineral resurslar guruhi hamda kabineti, gidrogeol. va muhandislik geol.si, energstiklar, agroormonmelioratsiya guruhlari, osimliklar resurslari guruhi va kabineti, xaritagrafiya bolimi hamda guruhlar qoshida tuproqshunoslik, gidrologiya va boshqa sektorlar bolgan. Fan komiteti zimmasiga zarur lab. va intlar tashkil etish hamda ularni jihozlash, ilmiy kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. 1934 yil 1 iyundan Ozbekiston XKS ixtiyoriga otkazilgan. 1935 yil Fan komiteti tizimida 12 i.t. muassasasi, 2 kutubxona va jur. tahririyati bolgan. Shu yili tarkibida yangi bolim, guruh, lab. va sektorlar tashkil etildi. Ularning faoliyati xalq xojaligining ayrim sohalari uchun amaliy ahamiyatga ega bolgan ilmiy masalalarni hal etishga qaratildi. Respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarni organuvchi bolimning tashkil toggishi ham Fan komiteti faoliyatida katta rol oynadi. 1937 yil Fan komiteti tarkibida tibbiyot va fizikamat., ijtimoiy, texnika fanlari bolimlari tuzidsi; bolim sifatida nashriyot ham tashkil etildi. Fan komiteti faoliyatida kimyo, fizika, mat., gidroenergetika, geol., adabiyot va til fanlari yetakchi ilmiy yonalishga aylandi. Fan komiteti muassasalari Ozbekiston osimlik va hayvonot dunyosi, tuproq va yer geol.si, yer yuzasi va yer osti suvlari energetika resurslarini organish va ulardan foydalanish yollari, mineral yoqilgi zaxiralari, neft qatlamlari va boshqa boyicha i.t.lar olib bordi. Ijtimoiy fan sohalari - Ozbekiston iqtisodiyoti, ozbek tili va adabiyoti, moddiy madaniyat yodgorliklarini organish va muhofaza qilish boyicha tadqiqotlar avjoldi. 1938 yil Fan komiteti ning muassasalarida 83 ilmiy xodim, jumladan, 7 fan dri va 5 prof. ishladi. Fan komitetiga turli davrlarda Otajon Hoshim, T.N.QoriNiyoziy, I.I.Islomov rahbarlik qilgan. Fan komiteti negizida 1940 yil yanvarda SSSR FAning Ozbekiston filiali, 1943 yil noyabrda Ozbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topdi.