Топ-100
Back

ⓘ Fan-texnika inqilobi, ilmiy-texnika inqilobi - ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat ozgarishlarida fanning asosiy ishlab chiqarish omili bolishi. 20-asrning ..




                                     

ⓘ Fan-texnika inqilobi

Fan-texnika inqilobi, ilmiy-texnika inqilobi - ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat ozgarishlarida fanning asosiy ishlab chiqarish omili bolishi. 20-asrning ortasida boshlangan. Fan-texnika inqilobii. mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini ozgartiradi; mehnat unumdorligining osishiga olib keladi; jamiyat hayotining hamma tomonlariga, madaniymaishiy hayotga, inson psixologiyasiga tasir korsatadi. Xodimlarning malumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqokligi va masuliyatiga katta talablar qoyadi.

Elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobii.ning ramzi hisoblanib, uning paydo bolishi inson funksiyalarini astasekinlik bilan mashinalarga berishga, ishlab chiqarish va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirishga olib keldi. Hozirgi davrda Fan-texnika inqilobii. kuyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: fanning bevosita ishlab chikaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bogliq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida suniy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining kuchayishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli korilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus talim hamda madaniyat darajasining osishi; fanlararo ozaro bogliq murakkab muammolarni kompleks hal qilish, ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtimoiy taraqqiyotning keskin tezlashishi, planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammoning paydo bolishi va u bilan bogliq xrlda jamiyattabiat tizimini ilmiy boshkarishning zarurligi.

Fan-texnika inqilobii. global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar ni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish taqozo qilinadi.