Топ-100
Back

ⓘ Xom ashyo - konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng manoda X ..




                                     

ⓘ Xom ashyo

Xom ashyo - konlardan olingan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslar, ulardan ishlab chiqarilgan va yana ishlov talab etadigan mahsulotlar. Keng manoda Xom ashyo mehnat tasirida ozgargan va yanada ishlanishi lozim bolgan mehnat predmetinn anglatadi. Xom ashyo jarayonida Xom ashyodan tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat paydo boladi. Xom ashyoning jami xilmaxil korinishlari kelib chiqishiga kora sanoat va qishloq xojaligi xom ashyosiga bolinadi. Sanoat Xom ashyosi, oz navbatida, mineral va suniy Xom ashyoga bolinadi. Ishlatilishiga kora, mineral Xom ashyo yoqilgienergetika, metallurgiya, konkimyo, texnika, qurilish materiallari i.ch. Xom ashyolari va boshqalarga bolinadi. Suniy Xom ashyoga sintetik smolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, suniy teri, sintetik yuvish vositalari va boshqa kiradi. Qishloq xojaligi Xom ashyosi va ormon xojaligi, baliq ovlash va tayyorlov tarmogining ishlov berilmagan mahsulotlari osimlik Xom ashyosi va hayvonot Xom ashyosi ga bolinadi. Ayrim sanoat tarmoqlarida Xom ashyoni birlamchi va ikkilamchi turlarga bolish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ikkilamchi xom ashyodsh togri foydalanish ijtimoiy mehnatni tejashni taminlaydi. Birlamchi Xom ashyoni kompleks qayta ishlash sanoatning Xom ashyo bazasini kengaytirish va iktisodiy samaradorligini oshirishda muhim manba xisoblanadi.