Топ-100
Back

ⓘ Xumdon - gisht, sopol, koshin, chinni va boshqa buyumlar yuqori trada pishiriladigan qurilma yoki inshoot. Pishiriladigan mahsulot turiga qarab har xil kattakic ..




                                               

Dilbarjin

Dilbarjin - qad. shahar harobasi. Afgonistonning Balx sh.dan 40 km shim.garbda joylashgan. Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davrida ravnaq topgan. Sovet-Afgon ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan. Haroba tortburchak shaklda, mudofaa devori bilan oralgan. Bir necha burji, 4 darvozasi, atrofi xandaq bolgan. Shahar markazida 20 m bal.da alohida mudofaa devori bilan oralgan shoh saroyi joylashgan, uning bir darvozasi bolib atrofi xandaq bilan oralgan. Shahar hududida budda ibodatxonasi, devoriy rasmlar bilan bezatilgan yirik bino, xumdon, mudofaa devorlari harobalari tekshirilgan. D ...

Xumdon
                                     

ⓘ Xumdon

Xumdon - gisht, sopol, koshin, chinni va boshqa buyumlar yuqori trada pishiriladigan qurilma yoki inshoot. Pishiriladigan mahsulot turiga qarab har xil kattakichiklikda yasaladi. Ichi dumaloq yoki tortburchak shaklida bolib, loy, guvala, pishiq gishtdan quriladi. Kdsimgi X. 2 qism: pastki qism va ustki qismdan iborat. Ularning orasini gisht bilan urib, ortasidan kichkina teshik qoldiriladi. Araqning 4 burchagidan bittadan kichkina mori chiqariladi, 4 yoni va tepasi gisht yoki guvala bilan urilib, uycha yasaladi. X. tepasida "tana ogiz" deb ataladigan teshik qoyiladi. Teshik orqali xom mahsulotlar terib bolingach, X.ning ogzi berkitilib, ot yoqiladi. Bu jarayon mahsulotning kopozligiga qarab, 6 soatdan 12 soatgacha davom etishi mumkin. Otni oldin past yoqib, songra astasekin balandlatiladi. Mahsulot pishgach, otxonaning tepa ogzi berkitilib, havo kirib turishi uchun kichkina tuynuk qoldiriladi. Mahsulot X. ichida 1 - 2 kun saqlab sovitiladi, songra olinadi. Gisht X.lari boshqa X.larga nisbatan kattaroq boladi. Hozir yangi texnika uskunalari bilan jihozlangan X.lardan foydalaniladi. Qishloq joylarda otin yoqib ishlatiladigan X.lar hozir ham bor.