Топ-100
Back

ⓘ Xun - qonli och, qarindoshurugning hayoti, nomusori, shani va mulkini himoya qilishdagi qad. odatlardan biri. Ibtidoiy jamoa davrida paydo bolgan. Bazi uruglard ..




                                     

ⓘ Xun

Xun - qonli och, qarindoshurugning hayoti, nomusori, shani va mulkini himoya qilishdagi qad. odatlardan biri. Ibtidoiy jamoa davrida paydo bolgan. Bazi uruglarda fatsat qotilni oldirish bilan X. olinsa, ayrim hollarda uning urugiga tegishli biror yaqin qarindoshini mahv qilish bilan kifoyalangan. Davlat barpo bolgan yangi jamoada bu odatga bir oz chek qoyilgan. Qasoskorlar bilan javobgarlar doirasi birmuncha qisqartirilgan, keltirilgan zarar miqsori, qasos olingan obyektning jinsi, yoshi, jamiyatda tutgan orni etiborga olingan. Keyinchalik X. olish yetkazilgan zararni modsiy tolov bilan qoplash tizimi bilan ham almasha boshlagan.

Etnografik tadqiqotlarga kora, 19-asrning oxiri - 20-asrning boshlarida hozirgi Ozbekiston hududida urugchilik qoldigi bolmish qon uchun tovon - X. olish odati saqlanib kelgan. Qotil "xundor" deb atalgan. Marhumning qarindoshlari "xun sorovchilar", "och oluvchilar" hisoblangan. Qotillik sodir bolgach, jabrlanuvchi tomon mahalliy hukumat - qozilarga murojaat qilgan. Qozi tomonlarning ozaro munosabatlarini shariat asosida aniqlagan. Qasddan oddirilgan yaqin qarindosh uchun X. olishga shariat ijozat bergan "qonga qon - jonga jon". X. faqat haqiqiy qotildan olingan. Shuningdek, shariat qotillik va mayib qilganlik uchun X. orniga keltirilgan zararni qoplash maqsadida uni moddiy mablag bilan almashtirishga imkon bergan. Mac, oldirilgan odamning qoni uchun tovon puli tolangan.

Tovon hajmi marhumning mehnat qobiliyati, jamoadagi orniga bogliq bolgan. Mas, katta yoshli erkakning X.i ayol X.idan va ayol X.i qiznikidan qimmatroq bolgan. Mabodo marhumning oilasi boquvchisiz qolsa, qotil butun umri davomida yordam berishi shart bolgan. Ayrim xalqlarda katta tovonlar tolash uchun qarindoshuruglardan mablag toplangan. Tovon tolab bolingach, tomonlar yarashishgan va ular ortasida ozaro munosabatlar davom ettirilgan. Jahondagi kop mamlakatlarda hozirgi X. olish taqiqlangan.