Топ-100
Back

ⓘ Chanoq, tos - gavda skeleiining pastki qismi. Ch. odamda oyoqlarni, sut emizuvchilarda esa orqa oyoqlarni, tanaga birlashtiradi. Ch. umurtqa pogonasi va tananin ..




                                     

ⓘ Chanoq

Chanoq, tos - gavda skele/iining pastki qismi. Ch. odamda oyoqlarni, sut emizuvchilarda esa orqa oyoqlarni, tanaga birlashtiradi. Ch. umurtqa pogonasi va tananing yuqori qismi uchun tayanch vazifasini bajaradi; Ch. ong va chap nomsiz Ch. suyaklari hamda dumgaza va dum suyaklaridan hosil boladi.

CH. suyaklari birbiriga oldidan qov simfiziga oxshab, orqadan esa juft dumgazayonbosh bogimlari korinishida dumgazaga birlashadi. Har bir nomsiz suyaklar osish davri oxirida qoshilib ketadi yonbosh, quymuch va qov suyaklaridan tashkil topadi. Ular birlashish joyining tashqi tomonida quymuch kosasi joylashadi.

CH. tuzilishining jinsiy xususiyatlari bor. Ayollarda Ch. erkaklarnikiga nisbatan bir qadar keng va kalta boladi. Katta va kichik Ch. bor. Katta Ch. oldidan qorin old devori yumshoq toqimalari bilan, orqadan umurtqa pogonasi, yondan yonbosh suyak qanotlari bilan, kichik Ch. oldidan qov suyaklari, orqadan dumgaza va dum suyagi, yondan quymuch suyagi va yumshoq toqimalar bilan oralgan. Katta Ch.da qorin boshligi pastki qismidagi azolar, kichik Ch.da togri ichak, qovuq, erkaklarda prostata bezi va urug pufaklari, ayollarda bachadon va uning ortiqlari hamda qin joylashgan. Ch. suyaklarida orqa tomondan orqa va umurtqa pogonasi muskullari, oldidan qorin muskullari birlashadi. Oyoq muskullari ham Ch.dan boshlanadi. Dumbaning katta muskuli Ch. sohasidagi eng katta muskul xisoblanadi. Yonboshning ichki juft arteriyalari Ch. devori va undagi ichki azolarni qon bilan taminlaydi; dumgaza nervi chigallarining shoxchalari innervatsiya qiladi.

CH. sinishi Ch.ning xavfli shikastlaridan xisoblanadi. Ch. chikishi kam uchraydi; lekin bolalarda Ch. shikastlanishi natijasida boylamlar uzilishi, chanokson bogimi chiqishi koproq kuzatiladi. Tugruq vaqtida bazan Ch.ning qov birikmasi uzilishi mumkin. Quymuch kosasi singanda kopincha son chiqadi. Ch. kasalliklariga qon orqali tarqaladigan gematogen osteomiyelit, brutsellyoz va revmatoid artritsa dumgazayonbosh bogimining zararlanishi va boshqa kiradi.