Топ-100
Back

ⓘ Chibcha tillari - indeys tillari guruhi ; Markaziy va Jan. Amerikaning Gonduras, KostaRika, Nikaragua, Panama, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru kabi mamlakat ..




Chibcha tillari
                                     

ⓘ Chibcha tillari

Chibcha tillari - indeys tillari guruhi ; Markaziy va Jan. Amerikaning Gonduras, KostaRika, Nikaragua, Panama, Venesuela, Kolumbiya, Ekvador, Peru kabi mamlakatlarida tarqalgan. Otgan asr oxiridagi malumotlarga kora, Chibcha tillarida 635 mingdan ortiq kishi sozlashadi. Bir qancha olimlar tomonidan turlicha tasnif etilgan. Mac, chexbrazil olimi Ch. Loukotka tasnifiga kura, Chibcha tillari 60 dan ortiq tilni va sheva guruhlarini oz ichiga olgan 20 ta guruhchaga bolinadi.

CH.t.da 20 dan ortiq undosh tovush bolib, ular portlovchi, sirgaluvchi va qorishiq turlarga bolinadi. Undoshlar orasida sonorlar ham anchagina bazi tillarda 8 taga yetadi. Unlilar asosan 5 ta, lekin ularning umlautli va burun variantlari ham uchraydi. Urgu sozning istalgan boginiga tushishi mumkin. Morfologiyasi agglyutinativ qurilishga ega. Otlarda son birlik, koplik va kelishik 6 tagacha kategoriyalari mavjud. Sodda gaplardagi soz tartibi ega - toldiruvchi - kesim tarzidadir. Otdan ifodalangan anikdovchilar anikdanmishdan oldin, sifatdan ifodalanganlari esa aniqlanmishdan keyin keladi. Ular orasida moslashuv mavjud emas.

CH.t. kam organilgan, faqat asl chibcha boshqa tillarga nisbatan yaxshiroq tadqiq etilgan: ushbu tilning Bernando Lugo, tomonidan yozilgan ilk grammatikasi 1619 yilda Madridda nashr etilgan. 17 - 20-asrlarda Chibcha tillari boyicha missionerlar tomonidan tuzilgan koplab grammatika va lugatlar nashr qilinmay qolgan.