Топ-100
Back

ⓘ Chidamlilik - buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning muayyan muddatgacha, yani malum chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini saklash xossasi ..




                                     

ⓘ Chidamlilik

Chidamlilik - buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning muayyan muddatgacha, yani malum chegaraviy holatgacha ishga yaroqliligini saklash xossasi. Buyumlarning Ch. darajasi ularning qanday materialdan yasalganligiga, ularni saqlash va ishlatish sharoitlariga bogliq boladi. Buyumlarni shartli ravishda tamirlanadigan va tamirlanmaydigan turlarga bolish mumkin. Tamirlanadigan buyumlar ning malum chegaraviy holati ularning eskirishi, teztez ishlamay qolishi yoki tuzatish uchun sarflanadigan mablagning ozini okdamasligi bilan belgilanadi. Ayrim hollarda buyumlardan foydalanish qoidalarining buzilishi, xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslik ham ularning Ch. chegarasiga tasir qiladigan omillar hisoblanadi. Buyumlarning manaviy eskirishi ham ularning chegaraviy holatini belgilaydi. Tamirlanmaydigan buyumlar Ch.gi uchun chegaraviy holat ularning ishdan chiqishi bilan bogliq boladi va ularni tashlab yuborishga togri keladi.

Bino va inshootlarning Ch.gi deganda ularning talab etiladigan foydalanish korsatkichlarini saqlagan holdagi xizmat muddati tushuniladi. Bunday Ch. manaviy va jismoniy turlarga bolinadi. Manaviy Ch. - bino va inshootlarning ozgaruvchan foydalanish shartlariga yoki xavfsizlik va estetika talablariga javob bermay qolguncha bolgan xizmat muddati. Bu muddatni otab bolgan bino yoki inshoot mac, turar joy binosi yoki koprik mukammal kapital tamirlashdan chiqariladi yoki buzib tashlanadi. Jismoniy Ch. mexanik zoriqish nagruzka va fizikkimyoviy omillar tasirida bolgan asosiy yuk tushuvchi konstruksiya yoki elementlar ning yemirilishi bilan belgilanadi. Bino va inshootlar bunday ahvolga tushmasligi uchun maxsus izolyatsiya materiallari qollanadi, poydevorlarga qora moy surkaladi, binolar vaqtivaqti bilan tezlab turiladi, kopriklarning yemirilgan ustunlari almashtiriladi, foydalanishga doir qoidalarga qagiy rioya qilinadi va boshqa Shunda bino va inshootlarning xizmat muddati uzayadi. Davlat standartlashtirish tashkilotlari tomonidan bino va inshootlar uchun qurilish meyorlari va qoidalari belgilab qoyiladi. Bu meyorlar va qoidalarga kora, Ozbekistonda bino va inshootlarning xizmat muddati vazifasi, qurilgan joyi va boshqalarga kora kamida 20 yil, 50 yil va 100 yil qilib belgilangan.

Buyumlar, mashina va mexanizmlar, bino va inshootlarning Ch. xossalarini organish, bu xossalarni yaxshilash, xizmat muddatini uzaytirish choratadbirlarini korish davlat miqyosidagi muhim ish hisoblanadi. Bu ishlar bilan maxsus tashkilotlar, i.t. muassasalari, standartlashtirish va sertifikatsiyalash idoralari shugullanadi. CHIJ spinus - chumchuqsimonlar turkumining savalar urugiga mansub kush. Vazni 11 - 14 g. Narining kokragi sariq, boshining usti qora. Modasi kulrangqongir, doglari bor. Tumshugi qisqa. Yevropa, Garbiy Osiyo, Garbiy Sibir va Uzoq Sharqning qayin, qaragay va boshqa daraxtlar osadigan aralash ormonlarida, ayniqsa, togli joylarda keng tarqalgan. Baland daraxtlarning qalin shoxlarida uya yasaydi; 3 - 6 ta tuxum qoyib, modasi 12 - 14 kun bosadi. Asosan, osimlik uruglari, bazan hasharotlar bilan oziqlanadi. Yashash arealining jan. qismi tashqarida - Shim. Afrika, Iroq, Jan. Xitoyda ham qishlaydi. Bazan, Orta Osiyo da ham uchraydi.