Топ-100
Back

ⓘ Chilla davri - tugruqtn keyingi 6 - 8 haftagacha bolgan davr. Tugruqdan keyingi birinchi soatlar esa ilk chilla davri hisoblanadi. Bu muddatda kop qon ketish ho ..




Chilla davri
                                     

ⓘ Chilla davri

Chilla davri - tugruqtn keyingi 6 - 8 haftagacha bolgan davr. Tugruqdan keyingi birinchi soatlar esa ilk chilla davri hisoblanadi. Bu muddatda kop qon ketish holatlari kuzatiladi, shu sababli alohida etibor va kuzatuv talab etiladi. Xalq tabobatida Chilla davri 40 kun hisoblanib, shundan 20 kuni kichik chilla, 20 kuni katta chilla deyiladi. Tugrukdan song ayol organizmining asli holiga qaytishi, chaqaloqning ona suti bilan oziqlanishini, normal osishini taminlash maqsadida Ozbekistonda kozi yorigan ayolga Chilla davri uchun jami 106 kun dekret otpuskasi belgilangan, keyinchalik bola 2 yoshga kirguncha nafaqa tolash, ayolning xohishiga kora bola 3 yoshga tolgunicha ish joyi saqlangan holda bepul otpuska berish qonunlashtirilgan.

CH.d.da homiladorlik, tugruq davrida ayol organizmi azo va sistemalarida sodir bolgan fiziologik ozgarishlar asliga qaytadi involyutsiya. Chilla davrining 1 - 2kuni bachadon tubi kindik roparasida qovdan 12 sm yuqorida turadi. Chilla davrining 10 - 12 kuni davomida bachadon qisqarib, tubi odatdagicha qov suyagi ortiga otadi. Chilla davrining dastlabki kunlari bachadon ogirligi 1000 g bolsa, 8hafta oxirigacha kamayib, 50 - 60 g ga tushadi.

Bachadon boynining ichki teshigi tugrukdan keyin, tashqi teshigi 3haftada berkiladi. Bachadon qisqarayotgan davrida shilliq qavati ham tiklanib, astasekin bachadon ichki yuzasini qoplab boradi. Chilla davrining 3haftasiga kelib, bachadonning epiteliy qavati tola tiklanadi. Bu jarayon tugallangunga qadar tugruq vaqtida bachadon ichki yuzasida hosil bolgan jarohatlardan Chilla davriga xos ajralma - loxiyalar kelib turadi. Loxiyalar Chilla davrining 3 - 4kuni qonli, qipqizil bolib, keyin rangsizlanadi va kamayadi, 5 - 6 haftaga borib toxtaydi. Chilla davrida qin diloq tonusi tiklanadi, tashqi jinsiy azolar, qin va bachadon boynining chaqalangan, yirtilgan, shilingan jarohatlari bitadi. Bachadonning chozilgan boylamlari sekinasta kaltalashib, bachadon naylari va tuxumdonlar odatdagi holiga keladi.

CH.d.ning 2 - 3kuni sut bezlaril&n sut tugruqning 15 - 18kunigacha ogiz suti, keyin odatdagi sut ajrala boshlaydi qarang Laktatsiya. Normal otayotgan Chilla davrida chillali ayolning umumiy ahvoli yaxshi: pulsi tekis, tola, bazan siyrak fiziologik bradikardiya, arterial bosimi va gavda trasi normal yoki shunga yaqin goho yangi boshangan ayol trasi bir oz kotarilishi ham mumkin boladi. Chilla davrida tashki jinsiy azolar va sut bezlarini har kuni tozalab turish, aseptika, antiseptika qoidalariga qatiy rioya qilish zarur. Chunki ayol jinsiy yollaridagi tugruq jarohatlari, kokrak sorgichidagi yoriqlar orqali organizmga infeksiya kirishi va chilladagi septik kasalliklar rivojlanishi mumkin.

CH.d.da soglom ayollarga tugruqning 2kunidanoq organizmni baquvvatlash, bachadon qisqarishini tezlashtirish maqsadida maxsus gimnastika mashgulotlari kompleksi belgilanadi. Chilla davrining 1 - 2kuni soglom ayolga yengil hazm boladigan ovqatlar, 3kundan boshlab odatdagi kaloriyali servitamin ovqatlar tavsiya qilinadi. Chilla davrida ayol achchiq, shor, otkir dorivorli va badhazm taomlar istemol qilmasligi, spirtli ichimlik ichmasligi kerak. Normal kechayotgan Chilla davrining 4 - 5 kuni tuqqan ayol tugruqxonadan chiqariladi. Gavda trasi yuqori, shamollagan, yiringli teri kasalligi va boshqa infeksion kasalligi bor ayollar tugruqxonaning maxsus bolimiga yotqiziladi.