Топ-100
Back

ⓘ Chilpish, chekanka, dekapitatsiya - osimlikni boyiga osishdan toxtatish, hosil toplash va yetilishini tezlatish maqsadida osish nuqtasi yoki hosil novdaning uch ..




                                     

ⓘ Chilpish

Chilpish, chekanka, dekapitatsiya - osimlikni boyiga osishdan toxtatish, hosil toplash va yetilishini tezlatish maqsadida osish nuqtasi yoki hosil novdaning uchki qismini olib tashlash; qoshimcha agrotexnika tadbirlaridan biri. Ch. shakllanayotgan hosilga oziq moddalarning yetib kelishini kuchaytiradi, ularning rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Asosan, goza, tok, mevali daraxtlar, tamaki, kanakunjut, pomidor va boshqa chilpiladi. Gozani Ch.da uning poyasi va yon shoxlari uchi olib tashlanadi. Agrotexnik nuqtai nazardan yoruglik va issiqlik rejimini yaxshilaydi, kosaklarning ortiqcha tokilib ketmasligiga, tupning yotib qolmasligiga yordam beradi, hosildorlikni 1 - 4% ga oshiradi. Tolaning yetilishini va chanoqning ochilishini tezlashtiradi. Odatda, Ch. goza yalpi kosaklay boshlagan paytda - orta tolali gozada 14 - 16, ingichka tolali gozada 20 - 22 hosil shoxi shakllanganda - iyulning ortalari - avg.ning birinchi on kunligida otkaziladi. Asosiy poya uchi 4 - 6 sm, yon shoxlar uchi 2 - 3 sm uzunlikda chilpib tashlanadi. Gozani Ch. qolda yoki maxsus Ch. moslamalari, mashinalarda otkaziladi. Tokni Ch. novdalarining pishishini tezlashtiradi, ularda oziq moddalarning toplanishiga yordam beradi, qishga chidamliligini oshiradi, yetarli yoruglik, havo, issiqlik tasirida gujumlari yirik, rangdor va shirali boladi. Ch. sugoriladigan hosilli tokzorlarda yaxshi samara beradi. Toklar, birinchi marta shora xomtokda, asosan, ikkinchi marta avg. ning 2on kunligida novdalarning osish davri sekinlashganda chilpiladi, bunda novdalar uchining 1/3 - 1/4 qismi olib tashlanadi. Sabzavotch i l i kda bodring va pomidor ni Ch. govlashga yol qoymay, hosil shox larini kopaytiradi. Baklajon, bryussel karami, uruglikka ekilgan lavlagi ham chilpiladi.