Топ-100
Back

ⓘ CHIMYON SANATORIYSI - balneologik kurort. Fargona shahridan 32 km masofada, Katran tizmasi yon bagrida, dengiz sathidan 450 m balandlikda, Oltinsoy daryosi vodi ..




                                     

ⓘ Chimyon sanatoriysi

"CHIMYON" SANATORIYSI - balneologik kurort. Fargona shahridan 32 km masofada, Katran tizmasi yon bagrida, dengiz sathidan 450 m balandlikda, Oltinsoy daryosi vodiysida joylashgan. 1979 yil 17 aprelda tashkil etilgan. Maydoni 28 ga. Sanatoriyda ovqat xazm qilish, qon aylanish, nerv, tayanchharakat sistemasi, ginekologik va urologik kasalliklar bilan ogrigan bemorlar davolanadi. Sanatoriy 1000 oringa moljallangan, birikki kishili palatalari bolgan yotoq korpuslariga ega; u yaxshi kokalamzorlashtirilgan, gulzor va manzarali daraxtlari bor. Iqlimi kontinental; yozi issiq, quruq, qishi yumshoq, yanvarning ortacha trasi - 1.5°, iyulniki 26°, havoning nisbiy namligi 48%.

Davolash omili - vodorodsulfidli matsesta tipidagi mineral suvlar va Baliqli kolining balchigi. Bundan tashqari, ichish uchun sulfatgidrokarbonatnatriyli kuchsiz 1 g/l gacha mineral suv ishlatiladi.

Mineral suvdan, asosan, vannalar uchun, medani yuvish, ichaklarni chayish, tyubaj, dush, suv osti massaji qilishida foydalaniladi. Bundan tashqari, fizioterapiya, davo fizkulturasi, shifobaxsh balchikli applikatsiya bilan davolash usullari ham qollaniladi. Sulfidli suvlar odam organizmiga teri shilliq qavatlari va nafas yollari orqali tushganda shifobaxsh tasir qiladi, erkin vodorodsulfidi borligi tufayli odamni soglomlashtiradi. Ular energiya almashinuviga tasir qilib, tomirlar otkazuvchanligini oshiradi, regenerativ jarayonlarni faollashtiradi, yurak faoliyatini kuchaytiradi, arterial bosimni pasaytiradi, ogriqqa hamda yalliglanishga qarshi tasir korsatadi va h.k. Sanatoriy zamonaviy tibbiy asbobuskunalar bilan jihozlangan; unda yotoq korpuslaridan tashqari madaniyat saroyi, kutubxona, sport maydonchalari, madaniymarifiy binolar mavjud 2004. Bolalar va otaonalari uchun yil boyi ishlaydigan bolim ham bor 200 orinli.