Топ-100
Back

ⓘ Chor Bakr - Buxoroda yashab otgan mashhur tort shayx, masavvufning yirik namoyandalari. Chor Bakrlarning ajdodlari paygambar Muhammad ning nabirasi Imom Husayng ..




                                     

ⓘ Chor Bakr

Chor Bakr - Buxoroda yashab otgan mashhur tort shayx, masavvufning yirik namoyandalari. Chor Bakrlarning ajdodlari paygambar Muhammad ning nabirasi Imom Husaynga borib taqaladi. Ular Ali avlodlaridan 4 imom bolgan Jafar as-Sodiqning nevaralari hisoblangan.

Chor Baklar Buxoroda vafot etgan va shahar yaqinidagi Sumitan mavzeida dafn etilgan. Ularning qabrlari ustida Abdullaxon II 16-asr davrida hashamatli maqbara va boshqa memoriy inshootlar qurilgan qarang Chor Bakr memoriy majmuasi.

Chor Bakrlar shajarasidan 16-asrda Joybor xojalari nomi bilan mashhur bolgan naqshbandiya tariqatining yirik shayxlari qarang Xoja Muhammad Islom, Xoja Saduddin yetishib chiqqan. Buxorolik shoir Toshpolat Ahmad Chor Bakrlar faoliyati haqida "Chor Bakr" 1999 dostonini yozgan.

                                     

1. Abu Bakr Sad

Abu Bakr Axmad ibn Xoja Sad Yamaniy 9-asr oxiri - 971? - Buxoroda tugilgan. Uning otasi Xoja Sad Yamaniy imom Husaynning Zaynulobidin ismli oglining farzandi bolib, u Buxoroga Ali ibn al-Husayn bilan birgalikda kelib ketgan 9-asrning songgi choragi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar amiri Ismoil Somoniy unga Buxoro yaqinidagi Joyi Moliyon mavzeidagi serhosil yerlarning katta qismini vaqf qilib bergan. Xoja Sad Buxoro atrofidagi Sumitan qishlogida chorbog, bog, sardoba, tegirmon, hovuz va boshqa binolar barpo etib, bu yerdan katta daromad olgan. Abu Bakr Sad va uning avlodlari somoniylar davrida Buxoroda shayxulislomlik qilishgan. Abu Bakr Sad otasi vafot etgach, uning orniga Ismoil Somoniyning piri hisoblangan. U fikh maktabini tashkil etib, koplab ulamolarga ustozlik qilgan.

                                     

2. Abu Bakr Fazl

Abu Bakr Muhammad ibn Fazl ibn Jafar al-Buxoriy 9-asrning 2yarmi - 937? - Imom Jafar as-Sodiq avlodidan. Somoniylar davrida Buxoroga kelib qolgan. Uning "Musnadi Fazl" kitobi ayniqsa mashhur bolib, bu asar Chingizxon Buxoroni bosib olganda yondirib yuborilgan.

                                     

3. Abu Bakr Muhammad

Abu Bakr Muhammad ibn Hamid 9-asrning 2yarmi - 937? - Unga "shayx ul olam" unvoni berilgan. U Abu Bakr Fazl bilan bir yilda vafot etgan va ikkalasining qabrlari xam bir joyda yonmayon joylashgan.

                                     

4. Adabiyot

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966; Gafurova L.G., Kitobi Mullazade, T., 1992; Husenov S, Rajabova I., Chor Bakr, T., 2001; Yoldoshev N., Qurbonov H., Buxoro shahri va uning atrofidagi ziyoratgohlar tarixi, Buxoro, 2001.

Qahramon Rajabov.