Топ-100
Back

ⓘ Choruxdayron volfram koni - Tojikiston Respublikasi Sugd viloyatidagi kon. Xojand shahridan 18 km shim. da Qoramozor toglarida, Qurama antiklinali sistemasidagi ..




                                     

ⓘ Choruxdayron volfram koni

Choruxdayron volfram koni - Tojikiston Respublikasi Sugd viloyatidagi kon. Xojand shahridan 18 km shim. da Qoramozor toglarida, Qurama antiklinali sistemasidagi Mogultog antiklinalining shim.sharqiy qismida joylashgan. Rudalarning mineral tarkibi - skapolit, sheyelit, apatit, molibdenit, xalkopirit, kamroq piritdan iborat. Morfologiyasi boyicha kondagi ruda tanalari, har xil olcham va qalinlikdagi tomirli va tomirsimon jismlardan tarkib topgan. Choruxdayron volfram konik., asosan, qazib olingan bolib, parametrlari boyicha ortacha konlarga mansub.