Топ-100
Back

ⓘ Chumoli kislota - bir asosli oddiy karbon kislota, HCOOH; otkir hidli rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi 8.4°, qaynash temperaturasi 100.7°, zichligi 1 ..




Chumoli kislota
                                     

ⓘ Chumoli kislota

Chumoli kislota - bir asosli oddiy karbon kislota, HCOOH; otkir hidli rangsiz suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi 8.4°, qaynash temperaturasi 100.7°, zichligi 1.2126 g/sm3. Suv, spirt va efir bilan yaxshi aralashadi. Alifatik uglevodorodlarda erimaydi, benzol, toluol va S14 da eriydi, suv bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Badanga tegsa kuydiradi. Yog kislotalarining ichida eng otkiri. Qoraqaragay bargida, bazi mevalarda, asalari va chumoli archa va qichitqiotda boladi Insonlarni qon va muskulida ham uchraydi. Chumoli kislota qizdirilganda SO2 va N2 ga ajraladi. Butanning suyuq fazada oksidlanishi natijasida va sirka kislota ishlab chiqarishda oraliq mahsulot sifatida hosil boladi. Sanoatda qattiq NaOH bilan SO ni birbiriga tasir ettirib hosil qilingan natriy formiat HCOONa ni sulfat kislota bilan parchalab olinadi. Toqimachilik sanoatida, teri oshlashda, katalizator tayyorlashda, murakkab efirlar sintezida, sharbatlarni konservalash va boshqalarda ishlatiladi.