Топ-100
Back

ⓘ Chongkoy simob koni - Qirgiziston Respublikasi Osh viloyatining Aravon qishlogidan 18 km jan.garbdagi kon. Jan. Fargona simobsurma konlari kamarining Qorachatir ..




                                     

ⓘ Chongkoy simob koni

Chongkoy simob koni - Qirgiziston Respublikasi Osh viloyatining Aravon qishlogidan 18 km jan.garbdagi kon. Jan. Fargona simobsurma konlari kamarining Qorachatir zonasi sharqiy qismida joylashgan. Chongkoy simob konik. 1957 yilda ochilgan. Kon kuyi paleozoyning vulkanogenchokindi tog jinslari - diabazli porfirit, tuf, ohaktosh, qumtosh va slanetslardan iborat. Chongkoy simob konik. Jan. Fargona yirik tektonik sinigi tasir zonasida bolib, uning serpentinlashgan peridotit tanalari bilan boglangan bir necha tik yotuvchi shoxobchalari yonalishi ozgargan bukilmada joylashgan. Bu tog jinslari serpentinlashgan peridotitlar bilan chegaradosh yerlarda kuchli gidrotermal ozgarishlarga uchrab, ularda rogovik, listvenit kabi metasomatitlar rivojlangan. Ular kondagi asosiy rudalashuv zonalarining korinishi bolib, tik va yonmayon joylashgan 3 yirik va bir necha mayda rudalashgan tanalarni tashkil etadi. Ularning qalinligi bir necha m dan 50–60 m gacha, chuq. 1200–1500 m, uz. 100 m dan 1500–2000 m gacha. Rudalar tuzilishi boyicha nuqtasimon, tomirlinuqtasimon, yaxlit rudalashuv tarzida rivojlangan. Kon rudalari simob konlarining "magnezialkarbonatkinovarli" turiga mansub. Ularda asosiy mineral kinovardan tashqari oz miqdorda antimonit, pirit, millerit, gersdorfit, realgar, norudalardan - kvars, kaltsit, dolomit, dikkit, ankeritlar uchraydi. Konda ikkilamchi ozgarishlar, ayniqsa, yer yuziga yaqin qismida kam rivojlanganligi sababli, ikkilamchi simob mineralidan kalomel, tugma simob oz uchraydi. Simobning miqdori ota ozgaruvchan bolib, 0.01% dan 1.2% gacha, ortacha 0.16% - 0.40% ni tashkil etadi. Konning kuyi chegarasi anik, belgilanmagan.

Users also searched:

...