Топ-100
Back

ⓘ Ekologik muvozanat - inson, osimlik va hayvonlar uchun zarur bolgan tabiiy sharoitlar muvozanati. Malumki, tabiat komponentlari birbirlari bilan uzviy boglangan ..




                                               

Ekologik Muvozanat

                                               

Kopikli beton

Kopikli beton - sement, qum, suv va kopik hosil qiluvchi moddadan tashkil topgan eritmaning qotishi natijasida butun hajmi bo’ylab yopiq kovaklar hosil bo’lishi hisobiga kovakli tuzilishga ega bolgan uyali beton. Bunday betonlarda kovaklarning bir qismi kopik hosil qiluvchi qoshimchalar bilan yaratiladi. Kopikli betonning mustahkamligi xom ashyoning hajmli ogirligiga, turi va xususiyatlariga, shuningdek, issiq-namlik bilan ishlov berish rejimlariga va betonning namligiga bogliq. Uyali beton sement bog’lovchisi asosoida ishlab chiqariladi. Shuning uchun u uzoq vaqt davomida mustahkamlikga e ...

                                     

ⓘ Ekologik muvozanat

Ekologik muvozanat - inson, osimlik va hayvonlar uchun zarur bolgan tabiiy sharoitlar muvozanati. Malumki, tabiat komponentlari birbirlari bilan uzviy boglangan, doim ozaro aloqada va tasirdadir. Ular komponentlar ortasida muttasil ravishda roy berib turadigan modda va energiya almashinuvi oqibatida hosil boladi va tabiatning bir butunligini taminlaydi. Tabiat komponentlari ortasidagi bunday ozaro tasir va aloqalar uzoq geologik davrlar mobaynida rivojlanib, turli joylarda turli ekosistemalarni shakllanishiga olib kelgan. Ekosistemalarda modda va energiyaning kirib kelishi bilan chiqib ketishi ortasida dinamik tenglik yuzaga kelgan. Bunday tenglik yoki muvozanat ekosistemani sifat jihatdan malum bir holatda uzoq muddat mavjud bolib turishini taminlaydi.

Ekologik muvozanat 2 xil bolishi mumkin: komponentlararo Ekologik muvozanat - ekosistema komponentlari ortasidagi tenglikka asoslanadi; hududiy Ekologik muvozanat - biror hududda intensiv va ekstensiv tarzda foydalaniladigan joylarning ayrim nisbatlari asosida yuzaga kelib, shu hududning Ekologik muvozanatning buzilmasligini taminlaydi.