Топ-100
Back

ⓘ Effektorlar - 1 fiziologiyada faoliyati refleks bilan bogliq bolgan ijrochi organ; organizmning qozgatuvchiga nisbatan javob reaksiyasini taminlaydi. E.ga musku ..




                                     

ⓘ Effektorlar

Effektorlar - 1) fiziologiyada faoliyati refleks bilan bogliq bolgan ijrochi organ; organizmning qozgatuvchiga nisbatan javob reaksiyasini taminlaydi. E.ga muskullar, bezlar, buyrak, elektr va boshqalar organlar kiradi. Odatda, refleks polieffektor xususiyatga ega bolib, uning amalga oshirilishida birdaniga bir necha xil E. qatnashadi. Bu hol refleksning tavsifi va uning biologik mohiyati bilan bogliq. E. ishini refleksning nerv markazlari boshqaradi. Ontogenez va filogenezda markaziy boshqarilish mexanizmi ham takomillashib boradi; 2) biokimyoda - moddalar almashinuvining fermentlarga tasir korsatadigan va ular faoliyatini kuchaytiradigan yoki kamaytiradigan mahsulotlari; 3) genetikada - repressor bilan birikib, uning operatorga tasirini boshqaradigan quyi molekulali moddalar. Agar E. repressorga birikkanida repressorning operatorga tasiri toxtab, operator transkripsiyasi davom etadigan bolsa, uni induktor deb ataladi. Agar E. faol bolmagan repressorga birikib, uni operatorga tasir korsatadigan va operator transkripsiyasini toxtadigan faol shaklga otkazsa, unga korepressor deyiladi.

                                     
  • miyadan harakat organlariga uzatuvchi efferent nervlarga, ulardan effektorlar - muskullar, bezlar hamda ichki a zolarga o tkazadi. R. a zolar ishini

Users also searched:

...