Топ-100
Back

ⓘ Yuliy davri - astronomiya va xronologiya hisoblarida birlik sifatida ishlatiladigan vaqt oraligi. Davomiyligi 7980 yilga teng. Yuliy davri 3 ta siklning eng kic ..




                                     

ⓘ Yuliy davri

Yuliy davri - astronomiya va xronologiya hisoblarida birlik sifatida ishlatiladigan vaqt oraligi. Davomiyligi 7980 yilga teng. Yuliy davri 3 ta siklning eng kichik umumiy karrasi: hafta qunlarini oyning bir xil kunlariga togri keltiruvchi 28 yillik quyosh davri, Oy fazalarini bir xil qunlarga keltiruvchi 19 yillik Meton davri va qadimiy Rimda favqulodda soliq yigish davrlarining kopaytmasidan iborat. Birinchi kun sifatida mil. av. 4713 yilning 1 yanvaridan boshlangan. 16-asr oxirida fransuz olimi Yu. Skaliger Yuliy davri kunlari boyicha hisob olib borishni taklif qiddi va uni otasi sharafiga Yuliy davri deb atadi. Bu davr boyicha astronomiyadagi vaqtni hisoblash tizimida har bir kun mil. av. 4713 yilning 1 yanvaridan boshlab ozining tartib raqamiga ega. Biror ikki astronomik yoki tarixiy hodisa orasidagi vaqtni hisoblash uchun maxsus jadvallar yordamida bu hodisalarning boshlanishi va oxiriga mos kelgan kun raqamlarining ayirmasi olinadi. Mas, milodiy era 1y.ning 1 yanvari 1721425 kun, 1963 yilning 1yanvari 2438031 boladi. Bu ikki kun orasidagi otgan vaqt 716606 kunni tashkil qiladi. Astronomiyada ozgaruvchan yulduzlarning maksimum va minimumlari orasida otgan vaqtni topishda Yuliy davridan foydalaniladi.