Топ-100
Back

ⓘ Yadro quroli - shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat bolgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash, zarrachalar sintezi yoki ikkal ..




Yadro quroli
                                     

ⓘ Yadro quroli

Yadro quroli - shikastlash vositasi yadro zaryadidan iborat bolgan qurol. Yadro reaksiyasi natijasida vujudga keladigan portlash, zarrachalar sintezi yoki ikkala jarayonning bir vaqtda sodir bolishi vaqtida ajralib chiqadigan ichki energiyadan foydalanishga asoslangan yadro bombasi, uni nishonga yetkazish vositasi va bombaning nishonga aniq borib tushishini taminlaydigan boshqarish qurilmalaridan iborat. Yadro quroli yadro energiyasining olinish usuliga qarab, yadro va termoyadro qurollariga bolinadi. Yadro oqdorilariga aviatsiya bombalari, artilleriya snaryadlari, raketalarning jangovor qismlari, dengiz torpedalari, suv osti bombalari va minalari kiradi. Yadro quroli zarb tolqini, yoruglik nurlanishi, singuvchi radiatsiya va radioaktiv zaharlash va boshqalar turli shikastlantiruvchi tasirlarga ega. Yadro snaryadlarining quvvati trotil ekvivalenti bilan tonna, kilotonna yoki megatonna larda olchanadi. Yadro quroli quvvatiga qarab, kichik quvvatli ; ortacha quvvatli, katta quvvatli, juda katta quvvatli qurollarga bolinadi. Yadro quroli havoda, yer ustida, yer ostida portlashi mumkin. Yadro quroli taktik va strategik jihatdan farklanadi. Taktik qurollarga turli masofaga uchuvchi boshqariladigan va boshqarilmaydigan reaktiv snaryadlar, samolyotlar, suv osti kemalari, shuningdek, yadro zaryadi tashuvchi yirik kalibrli stvolli artilleriya kiradi. Taktik va strategik qurollar ortasida keskin chegara yoq, bazi sharoitlarda taktik maqsadlar uchun moljallagan yadro zaryadlari strategik jahatdan ham qollanilishi mumkin. Yirik strategik nishonlarni shikastlantirish uchun moljallangan yadroning jangovar qismlari 1 - 5 mln. t trotil ekvivalentiga ega bolishi mumkin.

Strategik yadro qurollarini eltuvchilar uzoqqa uchuvchi raketalar, qitalararo ballistik raketalar, samolyotsnaryadlar va strategik bombardimonchi samolyotlardir. Qudratli yadro zaryadlarini nishonga eltishda Yerning suniy yoldoshlaridan foydalanish rejasi ham bor.

YA.q. 20-asrda yadro fizikasining taraqqiy etishi munosabati bilan 40-y.lar boshida paydo boldi. Birinchi portlash 1945 yil 16 iyulda Alamogodro poligonida AQSH amalga oshirildi. 1945 yil avgust oyida esa har birining quvvati 20 kt bolgan 2 atom bombasi Yaponiyaning Xirosima 6 avgust va Nagasaki 9 avgust shahrilariga tashlandi. Sobiq SSSR da termoyadro bombasi birinchi marta 1953 yil 12 avg.da sinab korildi. Yadro quroliga ega bolgan davlatlar AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy rasmiy malumotlarga kora 2005.