Топ-100
Back

ⓘ Ozbekiston sogliqni saqlash muzeyi - tibbiyot tarixi muzeyi. 1973 yil Toshkentda tashkil etilgan. 1984 yildan Q.S.Zoirov nomidagi Ozbekiston sogliqni saqlash mu ..




                                     

ⓘ Ozbekiston sogliqni saqlash muzeyi

Ozbekiston sogliqni saqlash muzeyi - tibbiyot tarixi muzeyi. 1973 yil Toshkentda tashkil etilgan. 1984 yildan Q.S.Zoirov nomidagi Ozbekiston sogliqni saqlash muzeyis.m. deb yuritiladi. Tibbiyot va gigiyena bilimlari hamda sogliqni saqlash sohasida erishilgan muvaffaqiyatlarni targib etadi. Ozbekiston tibbiyot tarixi bilan tanishtiradi. Muzey ekspozitsiyasi bir necha bolim: odam anatomiyasi, fiziologiyasi, gigiyenasi, Ozbekiston tibbiyot tarixi bolimidan iborat.

Muzeyda Abu Ali ibn Sino yashab otgan 10 - 11-asrlardagi tibbiyot tarixiga oid manbalar kop. Buyuk hakimga bagishlangan memorial zalda tabibning koshinkor siymosi, 5 jildli "Tib qonunlari" asari, unda tasvirlangan jarrohlik asboblari, uning xotirasiga Hamadonda tiklangan maqbara maketi saqlanadi.

Muzey fondidagi "shisha odam" medaichak yoli, opka, yurak, kichik va katta qon aylanish doirasining elektrlashtirilgan maketi, mulyajlar, rasmlar, fotosuratlar inson organizmi faoliyatidagi eng muhim jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek, taniqli tibbiyot olimlarining ilmiy asarlari, ichki azolarning rentgen suratlari, tibbiyotga oid plakatlar hamda mustaqillik davrida tibbiyet sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan tanishtiradi.

Muzeyda kinolektoriy mavjud. Tibbiyot tarixi, ilmiy tibbiyot, kasalliklarning kelib chiqish sabablari, davolash usullari, ichish, chekish, giyohvandlikning oqibatlari va oddini olish, soglom turmush garzi togrisida vaqtvaqti bilan suhbatlar otkaziladi. Alkogolizm, chekish, narkomaniya va SPID togrisida filmslayd bor.

Users also searched:

kamoliddin behzod instituti qabul 2020, mrdi uz,

...
...
...