Топ-100
Back

ⓘ Oquvchi va osmirlar texnika ijodiyot markazi, Respublika oquvchi va osmirlar texnika ijodiyot.markazi - oquvchi va osmirlar bilan texnikaga oid mashgulotlar oli ..




                                     

ⓘ Oquvchi va osmirlar texnika ijodiyot markazi

Oquvchi va osmirlar texnika ijodiyot markazi, Respublika oquvchi va osmirlar texnika ijodiyot.markazi - oquvchi va osmirlar bilan texnikaga oid mashgulotlar olib boruvchi maktabdan gashqari bolalar muassasasi. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tasarrufida. 1930 yil bolalar texnika va qishloq xojaligi stansiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1934 yildan texnika st-yasi, 1948 yildan Respublika yosh texniklar st-yasi, 1960 yildan Markaziy yosh texniklar st-yasi deb nomlangan; 1991 yildan hozirgi nomda. Markaz oquvchi va osmirlarning bosh vaqtlarini kongilli hamda unumli otkazishlari uchun ularni texnika togaraklariga jalb etib, texnikaga bolgan havasini kuchaytiradi, maktabda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab korish imkoniyatini yaratadi, texnikaga oid bilimlarini boyitadi, kasb-hunarga bolgan layoqatlari, qiziqishlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, sportning texnika turlari boyicha kadrlar tayyorlash va musobaqalar ogkazishni tashkil etadi. 2005 yil Ozbekiston Respublikasida 136 texnika ijodiyot markazi, 8309 togarak va 2715 togarak rahbari faoliyat yuritdi; togarak mashgulotlarida 66 yonalish boyicha 92 ming oquvchi va osmir ishtirok etdi.