Топ-100
Back

ⓘ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar - xorazmlik yirik olim, mutaffakir Abu Rayhon Beruniyning yirik ensiklopedik asari. Ushbu asarni Abu Rahon Beruniy 27 yos ..




                                     

ⓘ Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar

Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar - xorazmlik yirik olim, mutaffakir Abu Rayhon Beruniyning yirik ensiklopedik asari.

Ushbu asarni Abu Rahon Beruniy 27 yoshida Xorazmda yozib tugatgan.

Asarda Orta Osiyo xalqlari, xorazmliklar, sogdliklar, yahudiy, yunon va boshqalar xalqlarning yil hisoblari, hayitlari, mashhur kunlari, ijtimoiy, madaniy va ilmiy hayotining tarixi, urf-odatlari, dunyoqarashlari hamda Orta Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi haqida toliq malumotlar berilgan.

Asarda Biruniy Xorazmning turkiy aholisi foydalangan yillarning turkiy nomlarini beradi. Xuddi shu asarida u oy nomlarini turkchada beradi: ulug-oy, kichik-oy, birinchi-oy, ikkinchi-oy, uchinchi-oy, tortinchi-oy, beshinchi-oy, oltinchi-oy, yetinchi-oy, sakkizinchi-oy, tokkuzinchi-oy, uninchi-oy.

Unda olimning tabiiy fanlarning turli sohalariga, jumladan, astronomiya, matematika, fizika, xaritagrafiya va boshqalar fanlarga oid kashfiyotlari oz ifodasini topgan.

Asar Yevropada XIX asrning 2-yarmida malum bolgan. Nemis sharqshunosi E.Zaxau 1876 - 78 yillarda asarning arabcha matnini, 1879 yilda ingliz tilidagi tarjimasini "Sharq xalqlarining tarixi" nomi bilan nashr ettirgan. Kopincha ilmiy adabiyotda "Xronologiya" deb ham ataladigan bolgan. Eronlik olim Sayrafiy 1943 yilda Tehronda fors tilida chiqargan. Asarning ruscha tarjimasi 1957 yilda, ozbekcha tarjimasi 1968-yilda Toshkentda Beruniy "Tanlangan asarlari" turkumida 1 jild Ozbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti tomonidan nashr qilingan.