Топ-100
Back

ⓘ Qizil suvotlar - suvotlar tipi. Bir hujayrali va kop hujayrali shakllari bor. Xromatoforida xlorofilldan tashqari, kokyashil pigment - fikotsian va qizil pigmen ..




Qizil suvotlar
                                     

ⓘ Qizil suvotlar

Qizil suvotlar - suvotlar tipi. Bir hujayrali va kop hujayrali shakllari bor. Xromatoforida xlorofilldan tashqari, kokyashil pigment - fikotsian va qizil pigment - fikoeritrin mavjud. Qizil suvotlarning harakatchan xivchinli davri bolmaydi. Tanasi ipsimon, shoxlangan, plastinkasimon, bazilari poya va barglarga bolingan. Rangi toq qizildan, qora, pushti, sargish va bazan kokimtir kulranggacha. Qizil suvotlarning 600 turkumga mansub 3750 turi bor, ular bangiyalar va floridlar sinfiga bolinadi. Bu sinflar bir-biridan kopayish organlarining tuzilishi bilan farq qiladi.

Qizil suvotlar kopincha dengizlarda chuqur joylarida, kamdankam chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Qazilma formalari bor davri qatlamlaridan topilgan.

Anfeltsiya, gelidium, fillofora, furselyariya turlaridan agaragar, karragen, agaroid va boshqalar olinadi. Bazi turlari, mas., porfira istemol qilinadi.