Топ-100
Back

ⓘ Qovun - qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik ot osimliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Jan ..




Qovun
                                     

ⓘ Qovun

Qovun - qovoqdoshlar oilasi bodring turkumiga mansub bir yillik ot osimliklar turi; poliz ekini. Ayrim hollarda mustaqil turkumga ajratiladi. Yovvoyi holda Jan Garbiy Osiyo va Afrikada uchraydi. Madaniy navlarining vatani - Kichik va Orta Osiyo. Qovun Jan. Yevropada, Osiyoning kopgina r-nlarida, Shim. Amerika va boshqalarda yetishtiriladi. Markaziy Osiyoda q. ekiladigan maydoni jihatidan poliz ekinlari orasida 1-orinda turadi. Q.ning madaniy kenja turlari: Orta Osiyo Q.i, Kichik Osiyo Q.i, Yevropa Q.i; yarim madaniy kenja turlari: ilonsimon Q., xitoy Q.i; yovvoyi hamda itqovunlar bor. Ildizi oqildiz. uz. 1 m gacha boradi. Palagi ingichka, yotib osadi. Juda koplab yon shoxlar chiqaradi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Gultoji sariq, odatda, besh tojbargli, otaliklari beshta, changdonlari ikki uyali, bir uyli, ayrim jinsli. q. mevasining shakli turlicha. Posti qalin, ortacha, yupqa, qattiq; eti juda yumshoq, yumshoq, kuvrak, sersuv, sershira, qumoq, bazilariniki tolali, rangi oq, qizil, sargish, yashilroq. Urugi oq, och sariq va sariq. 1000 dona urugi vazni 30 - 45 g. Naviga qarab Q. vaznida eti 63 - 84, posti 10 - 30. urugi va urugtutarlari 3.1 - 7.7% ni tashkil etadi. Mevasi garkibida 8 - 20% quruq modda, 18% qand, 0.1 - 0.7% kletchatka, 0.2 - 35.2 mg% S, RR vitaminlari, folat kislota, kaliy, natriy, kaltsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor.

Q. issiqsevar, yorugsevar osimlik, qurgoqchilikka va tuproq shorlanishiga chidamli. Jahonda eng yaxshi Q.lar Ozbekistonda yetishtiriladi. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navi yaratilgan. Ozbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik institutida ilmiy seleksiya asosida chiqarilgan va yaxshilangan 50 dan ortiq nav r-nlashtirilgan. Ozbekistonda ekiladigan qovun navlari tort botanik turga mansub: handalak, amiri, kassaba va zard. Handalak turiga deyarli barcha ertapishar Q. navlari - Kokcha, Handalak, sariq handalak, Zamcha va boshqa kiradi. Amiri turiga barcha yozda pishadigan Q. navlari - Davlatboy, Toshloqi, Dahbedi, kassaba turiga Borikalla, Gurvak, zard turiga qishki Q. navlari va boshqa kiradi. Urugi tuproq harorati 14 - 15° ga yetganda una boshlaydi 13° dan past haroratda urug chiriydi. Ekilgandan keyin 5 - 7 kunda maysa unib chiqadi. Q.ning ertapishar, ortapi-shar, kechpishar navlari bor. Ertapishar navlari 55 - 65, ortapisharlari 67 - 70, kechpishar navlari 80 - 90 kunda yetiladi. Q. yangiligida yey-iladi, qoqi solinadi. Shinni, murabbolar qilinadi. Tibbiyotda bod, belangi, sil, kamqonlik, ziqnafas, jigar va buyrak kasalliklarini davolashda tavsiya etiladi. Sepkil, dog va boshdagi qazgoqni yoqotishda foyda qiladi. Xalq tabobatida podagra niqriz ga davo, peshob haydovchi, qabziyatdan xoli qiluvchi, asabni tinchlantiruvchi omil sifatida qollaniladi. Q. Ozbekistonda 3 muddatda: ertapishar navlari 10 - 30 aprelda, ortapishar navlari 20 aprel - 15 mayda, kechpishar navlari 10 - 30 mayda, pushta kengligi 2.8 – 3 m, tuplar oraligi 70x90 sm qilib, dorilab 2 - 3 kun ivitilgan uruglar 3 - 4 tadan 3 - 6 sm chuqurlikka ayrim xojaliklarda xanjuvar qilinib ekiladi. Chopiq paytida yagana qilib bittadan osimlik qoldiriladi. Osuv davrida qator oralari 2 - 3 marta yumshatiladi chopiq qilinadi. Tuproq sharoitiga qarab 5 - 6 marta sugoriladi. Hosildorligi 250 - 300 s/ga. Ozbekistonda Q.ning 36 dan ortiq navi r-nlashtirilib, davlat reyestriga kiritilgan 2004. Eng kop ekiladigan navlari: Oqurug, Asati, Borikalla, Koktinna, Kokcha, Chogari, Qizilurug, mahalliy sariq handalak, Obi novvot, Shakarpalak va boshqa

Erta hosil olish uchun issiqxonalarda yoki ochiq dalada plyonka ostida kochatidan ekib yetishtiriladi.

Zararkunandalari: poliz biti, orgimchakkana, qovun pashshasi, kok qurt tunlami va boshqa

Kasalliklari: oqpalak, qovun bakteriozi, makrosporioz va boshqa

                                     

1. Adabiyot

  • Ozbekiston qovunlari, T., 1962; Yermoxin V.N., Karimov A.K., Ozbekiston qovunlari, T., 1969; Ostonaqulov T.E., Sabzavot ekinlari biologiyasi va ostirish texnologiyasi, T., 1997; Boriyev X.Ch. Ashurmatov O.A., Poliz ekinlari biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi. T. 2001; Hakimov R.A., Hakimov A.S. Toshmuhamedov A., Sabzavot va poliz ekinlari urugchiligi, T., 2003.