Топ-100
Back

ⓘ Quva tumani - Ozbekiston Respublikasining Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy-garbdan Fargona, shimoliy-garb va garbdan ..




Quva tumani
                                     

ⓘ Quva tumani

Quva tumani - Ozbekiston Respublikasining Fargona viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy-garbdan Fargona, shimoliy-garb va garbdan Toshloq tumanlari, shimol va sharqdan Andijon viloyatining Boz, Shahrixon, Asaka, Marhamat tumanlari, janubiy-sharq va janubdan Qirgizistonning Osh viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 440 km². Aholisi: 187.5 ming kishi, 220 ming kishi. Tumanda 1 shahar, 11 qishloq fuqarolari yigini va 49 mahalla fuqarolari yigini bor. Markazi – Quva shahri.

                                     

1. Tabiati

Yer yuzasi adir va adir oldi tekisliklaridan iborat. Janubdan shimolga pasayib boradi. Iqlimi kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanvarning ortacha temperaturasi –2.5° dan –3.2° gacha, iyulniki 27–29°, eng past temperatura –26°, eng yuqori temperatura 42°. Yillik yogin 170–230 mm.

Vegetatsiya davri 210–220 kun. Sovuqsiz kunlar 204 kun davom etadi.

Tuproqlari boz, otloqi-boz, otloqi va tog-otloqi tuproqlar. Hududining kop qismi ozlashtirilgan, yovvoyi osimlik kam saqlangan. Tumanning sugoriladigan qismida ajriq, shora, terak, tol, jiyda va boshqa; adirlarda qongirbosh, rang, qatron, betaga, chalov, shuvoq va boshqa osadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, quyon, jayra, toshbaqa; qushlardan bedana, kaklik, kaptar, qarga, qaldirgoch, suvlarda har xil baliqlar bor.

                                     

2. Aholisi

Asosan, ozbeklar, shuningdek, tojik, rus, qirgiz va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining ortacha zichligi 1 km²ga 426 kishi. Quva tumanida Ozbekiston halq yozuvchisi Ibrohim Rahim, Ozbekiston halq artistlari Tavakkal Qodirov, Abduhoshim Ismoilov va juda koplab mashxur shahslar tavallud topishgan.

                                     

3. Iqtisodiyoti

Asosan, qishloq xojaligiga ixtisoslashgan. Kichik korxona, mikrofirma va boshqa korxonalar mavjud. Sanoat korxonalaridan paxta tozalash zavodi, don mahsulotlari kombinati, avtokorxona, "Issiqnon" korxonasi, mebel kombinati, mevani qayta ishlash korxonasi, qandolatchilik fabrikasi, toqimachilik korxonalari ishlab turibdi. Savdo, madaniy va maishiy xizmat korsatish shoxobchalari aholiga xizmat korsatadi. 3 qoshma korxona bor.

Qishloq xojaligining yetakchi tarmogi – paxtachilik, gallachilik. Shirkat, fermer xojaliklari bor. Tuman xojaliklari Oxunboboyev nomidagi kanal, Janubiy Fargona kanali tarmoqlaridan va Karkidon suv ombori, shuningdek, shimoliy qismi U.Yusupov nomidagi Katta Fargona kanalida 29.7 ming qoramol, 34.8 mingdan ziyod qoy va echki, 48.2 mingdan ortiq parranda, 417 yilqi boqiladi. Pillachilik bilan ham shugullaniladi.

                                     

4. Talim

67 umumiy talim, bolalar musiqa maktablari, 3 litsey, 3 gimnaziya, 2 kasbhunar kolleji, klub muassasalari, madaniyat uyi, 70 ga yaqin kutubxona, madaniyat va istirohat bogi bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat korsatadi. Tuman hududidan Fargona vodiysining aylanma temir yol temir yol bekati xalq tilida "Stantsiya" deb ataladi, shuningdek, Quva shahri orqali Fargona – Andijon, Andijon – Margilon – Qoqon va boshqa avtomobil yollari otgan.