Топ-100
Back

ⓘ Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogligini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu so ..




                                               

Vrachning sir saqlashi

Vrachning sir saqlashi - vrachlar va b. tibbiyot xodimlarining bemorlar haqidagi malumotlarni zinhor oshkor qilmaslik burchi. Yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi tugilganda hamda sud-tergov organlari va tibbiy muassasalar talab qilganda sir saqlanilmaydi. V.s.s. va umuman davolash-profilaktika muassasasi xodimlarining sir saqlashi OzRning sogliqni sakdash togrisidagi qonunlari va vrach qasamyodida qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari qonun bilan belgilangan V.s.s. burchini hamisha yodda tutishlari va unga qatiy amal qilishlari zarur.

                                               

Izotonik eritmalar

Izotonik eritmalar - osmotik bosimi qonning osmotik bosimi b-n, shuningdek, osimlik yoki hayvon hujayralaridagi osmotik bosim bilan baravar bolgan eritmalar. Suniy I. e. fiziologik eritmalar deb yuritiladi. Tibbiyot amaliyotida, shuningdek, fiziologik eksperimentlar otkazishda keng qollanadi.

                                               

Sarisu (tuman)

Sarisu tumani - Jambul viloyatining garbiy hududida joylashgan. 1928-yili tashkil topgan. Hududi - 31.3 ming km², Aholisi 41 592 kishi. Tuman markazi - Janatas shahri.

                                               

Zuluk solish

Zuluk solish - davolash choralaridan biri. Ayniqsa Sharq tabobatida keng qollanilgan. Jagli zuluklarssh tibbiyot zulugi solinadi. U chuchuk suv xavzalarida yashaydi, shuningdek, lab. da urchitiladi. Tibbiyot zulugining boyi 8 - 12 sm, vazni 2 g, yashil rangli, orqasida uzunasiga ketgan zar-galdoq yollari, ogzida tishchali uchta jagi va solak bezlari bor. Zuluk terini tishlari bilan teshib, solak bezlaridan girudin degan modda chiqaradi, bu modda qonning ivishiga toskinlik qiladi. Och zuluk 30 - 60 min. da 10 - 15 ml qon sora oladi. Har bir zuluk ozgina qon soradi, shuning uchun zuluk qon s ...

                                               

Zoonozlar

Zoonozlar - faqat hayvonlar uchun xos bolgan, lekin hayvonlardan odamlarga yuqishi mumkin bolgan infeksion va invazion kasalliklar guruhi. Z.ga olat, kuydirgi, quturish, brutsellyoz va b. kiradi. Z.ning qozgatuvchilari evolyusiya jarayonida ayrim hayvonlar organizmida tanlab rivojlanish xususiyatiga ega bolib, 3. odamlar jamoalarida tarqal-maydi, chunki odam organizmida 3. kozgatuvchilari oz rivojlanish siklini tamomlay olmaydi. Tibbiyot adabiyotlarida bazan hayvonlarning odamlarga otadigan yuqumli va invazion kasalliklari ham 3. deb yuritiladi.

Tibbiyot
                                     

ⓘ Tibbiyot

Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogligini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

Tibbiyot tibbiybiologik, klinik, tibbiyijtimoiy va gigiyenik fanlarga bolinadi. Tibbiybiologik fanlarga: odam gavdasining tuzilishini organadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo bolishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional ozgarishlarni organadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologii fiziologiya; organizmga dorilar tasirini urganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot genetikasi va boshqa kiradi. Odam kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni organadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga kora, terapiya va xirurgiyaga bolinadi. Tibbiyotning ushbu qismlari ham, oz navbatida, malum organ, sistemalar kasalliklarini atroflicha organishi, yonalishi boyicha turli sohalarga bolinadi. Mac, terapiyada kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya, ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya, fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyazya, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya xlrurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikaschni aniqlash usullari bolimi bor.

Tashqi muhitning organizmga tasiri va aholi sogligini muhofaza qilish tadbirlarini organadigan tibbiyijtimoiy va gigiyen i k fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogliqni sakdashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va osmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geografiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.

Tibbiyotning bunday bolinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiyamaliy sohalar ga bevosita taalluklidir. Tibbiybiologik fanlar uchun xarakterli bolgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik Tibbiyot sohasiga xam keng kirib bormoqda. Tibbiyot tabiiy fanlar va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan chambarchas boglangan.

                                     

1. Tarixi

Zamonaviy Tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi kohna tarixning turli davrlaridagi dunyoqarashlarni oz ichiga oladi. Malumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogliq bolgan.

Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga kotarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Lmenning muhim orni bor. Gippokrat kasalliklarni aniklash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning tasirini organish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugullangan. Galen esa birinchi bolib organizmdagi azo va sistemalarning tuzilishi hamda funksiyalarini, asosan, hayvonlar maymunlar organizmida tajriba qilib organgan. Uning anatomiya va fiziologiyaga doyr asarlari to 16-asrgacha Tibbiyotning asosi bolib xizmat qildi.

Orta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doyr asarlarning kopchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunoslikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning "Qivo aladviya al mufrada" "Sodda dorilarning quvvatlari" va Badigursning "AlAbdal aladviya al mufrada" "Sodda dorilarning orniga otuvchilar" kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn ibn Ishoq alIbodiy 809 - 877 tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa adDinavoriy 815 yil tugilgan "Kitob finnabot" "Osimliklar qaqida kitob"ni yaratib, unda 482 xil osimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi. Abu Rayhon Beruniyning "Kitob assaydana fittib" "Tibbiyotda dorishunoslik" asari osha davr Tibbiyotining eng katta yutugi hisoblanib, Orta Osiyoda dorishunoslik ilmi - saydanaga asos boldi. Abu BakrarRoziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotining rivojlanishi, boyishida goyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi xisoblangan 25 jildli "AlJomi alkabir va qad urifa bilHoviy" "AlHoviy nomi bilan tanilgan katta toplam" asari shu davrgacha Garb va Sharq Tibbiyotida qadrli bolib keldi; 10 jildli "Tabobat kitobi" hamda "Chechak va qizamiq haqida"gi kitobi ham Tibbiyotda mashhur edi.

Orta asrda Abu Ali ibn Sino Tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoshdi. Uning "al Qonun fittib" qarang "Tib qonunlari" asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qollanma bolib keldi. Bu asar Tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqalarni qamrab olgan. Isitma, olat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir kozga korinmas jonivorlar qozgatishi togrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri "alAdviya alqalbiya" "Yurak dorilari"dir. Unda olim yurak kasalligida qollanadigan ozi topgan dorilar haqida yozadi.

Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid "Majmuayi kabir dar adviyat mufrada" "Sodda dorilar haqida katta toplam", "Risola dar iloji amrozi sadr" "Kokrak kasalliklarining davosi haqida risola", "Kitob guno va muno" "Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob" kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isitmabezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.

Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Iloqiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniklash va davolashga oid kop bilimlar sohibi bolgan.

Osha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab korgan.

13-asrning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali ibn Umar Najibuddin Samarqandiy "Agziyat almarzo" "Kasallar istemol qiladigan ovqatlar" nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom istemol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot bolish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.

40 yildan ortik, tabobat ilmi bilan shugullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy 15 - 16-asr oz tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri "Dastur aliloj" "Kasallarni davolash boyicha qollanma"dir. 15 - 16-asrlarda Hindistonda yashab ijod etgan xirotlik tabib Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Yusufiy alHiraviy tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan Orta Osiyo, Xuroson va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etishiga oz hissasini qoshdi.

Abdulgozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy 1603 - 1664 muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski ozbek tilida yozilgan "Manofi alinson" "Inson uchun foydali dorilar" nomli asari bilan mashhur.

18-asrning 2yarmi va 19-asrning 1yarmida Xorazmda yashab ijod etgan ozbek tabibi Jafarxuja ibn Nasruddinxoja alHusayniy alKarukiy Hazoraspiyning ozbek tilida yozilgan "Multaqiy attib" "Tibbiy malumotlar toplami" asari 1823 67 bobdan iborat bolib, unda asosan, kishi azolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon kilingan.

Mashhur ozbek tabibi Mahmud Hakim Yayfoniy Hoqandiy 1851 yilda tugilgan umrining kop qismini tabobatni organishga va kishilar sogligini saqlashga sarfladi. U oz davrigacha bolgan sharq tabobati qolga kiritgan yutuqlarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan qolda "Qonun aliloj" "Davolash krnuni" va "Tariq aliloj" "Davolash usuli" kitoblarini yozib krldirgan. Ularning ikkinchisida opka, yurak, sut bezi, meda, jigar, ichak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, moy va tirnoqqa oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va bazi ruscha nomdagi dorilar keltirilgan.

Bositxon Zohidxon ogli oz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Iloqiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning ozbek tilida yozilgan 3 asari yetib kelgan.

Orta Osiyoda qadimdan dorivor osimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari organilgan. Natijada xalq qolida astasekin Tibbiyotga oid kopgina malumotlar yigilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muqim manbalardan biri bolgan.

Yevropada Uygonish davrida Tibbiyot yangidan ravnaq topdi. 16-asrda kopgina fanlar, ayniqsa, Tibbiyot, fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va organlar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz vrachi V. Garvey qon aylanish sistemasi haqida asar yaratib, Tibbiyotda yangi bolim - fiziologiyaga poydevor qoydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etiddi va undan Tibbiyotda foydalanila boshlandi. Gollandiyalik olim Antoni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rivojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boldi.

17 - 18-asrlarda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar organib, Tibbiyotga yangi - kasb kasalliklari hamda mex.nat gigiyenasi bolimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika soqasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi. Tabiiy fanlarning yutuklari Tibbiyot taraqqiyotiga ijobiy tasir korsatdi, bemorni obyektiv tekshirish usullari palpatsiya, perkussiya va boshqalar va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan malumotlar bilan taqqoslash usuli A.I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va boshqalar kasallik belgilari organ va toqima hamda hujayralarning tuzilishidagi ozgarishlarga bogliq ekanligini isbotlashga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik Tibbiyotning yana bir yangi bolimi - patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.

Energiyaning saklanish va ozgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, ozgarish va almashinuv yollarini organa borish biol. va Tibbiyotning taraqqiyotida muhim bosqich boldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yonalish osha qonunlarga asoslandi.

19-asrning 2 yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, olatnit qozgatuvchilari va kasallik epidemiologiyasi organildi, chechak mikrobi aniklandi va unga karshi vaksina tayyorlandi E. Jenner. Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga karshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama toshmali tif, qaytalama terlama va boshqa yuqumli kasalliklarni qozgatuvchi mikroblar topildi. I.I. Mechnikov immunitet haqidagi talimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Osha davrda Rossiya va boshqa davlatlarda tashqi muhitning - havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar - mehnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogligiga tasirini organish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.

19-asrning songgi choragida shakllangan biokimyo fani soglom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini organish, uning ozgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniklash bilan fiziologiya va patofiziologiyani boyitdi va Tibbiyotga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar organildi, bu esa organizmda nerv sistemasi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va funksiyalari organildi. Rus olimlari S. P. Botkin, I.M. Sechenov, I.P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv sistemasi va butun organizmning faoliyat qonunlari materialistik nuktai nazardan tariflab berildi.

Umuman bu davrda eksperimental Tibbiyot tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Bernar va rus patofiziologi V.V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya keyinchalik A. A. Bogomolets va S.S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiyaning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyalarni chuqur organish xirurgiyada operatsiyalarning muvaffakiyatini taminladi.

20-asrda Tibbiyotda misli korilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V.K. Rentgen iksnurlarni kashf etdi va Tibbiyotda rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sogasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga tasirini organuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. Tibbiyot texnikasi ham tez rivojlandi. Tibbiyotga elektronika yutuklarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli organ va sistemalar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, suniy yurak, suniy buyrak va h.k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik ozgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol bolib qoldi. Tibbiyot kibernetikasi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meyorida saklab turadigan turli avtomatik sistemalar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oz navbatida, Tibbiyotga yangi sohalar aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyotni kiritdi. Irsiyat va organizmning ozgaruvchanlik qonuniyatini organadigan genetika fani Tibbiyotning rivojiga katta tasir korsatdi. Irsiy kasalliklarni organish tibbiyot genetikasining paydo bolishiga olib keldi. Immunologiyaning rivojlanishi immunologik ozgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni organadigan immunopatologiyaga asos boldi. K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni 1900 - 01, Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga bolinishi kashf etilishi 1907 Tibbiyot amaliyotida qon quyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda Tibbiyotga Pirkening sil kasalligini anikdaydigan allergik reaksiyasi qarang Pirke reaksiyasi va allergiya termini kiritildi. 1939 - 40 yillarda mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan bolgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qollanila boshladi. Vitaminlar haqidagi talimot ham rivoj topdi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi va funksiyasini organish tufayli endokrinologiya mustaqil fanga aylandi, u rivojlanib, gormonoterapiya va gormonal regulyatsiya masalalarini xam organishga kirishildi. Kimyoterapiya, gormonoterapiya va markaziy nerv sistemasiga tasir etadigan preparatlarning qollanilishi va turli sintetik preparatlarni olish usullarining kengayishi klinik Tibbiyotni tubdan ozgartirdi. Bu davrda yangi tibbiy jihozlar, jumladan, elektron apparatlar yordamida yurak faoliyatini klinik va eksperimental tekshirishlar amaliyotda keng qollanishi natijasida kardiologiya sohasi ichki kasalliklar klinikasidan mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Miokard infarkti, qon ivishi, ateroskleroz va boshqa klinikasi tariflab berildi. Endilikda kardiologiya muammolarini terapevtlargina emas, balki xirurglar, fiziologlar, biokimyogarlar va boshqa xam organmoqdalar. Qon sistemasini organadigan fan - gematologiya xam rivojlandi. Urush xarakatlari chogida harbiy dala xirurgiyasi yuzaga keldi. Travmatizmning osishi tufayli travmatologiya va ortopediya shakllandi. V.P. Fshshtovnnng plastik xirurgiya sohasidagi ishlari jahon Tibbiyotida yuksak baholandi, Amerikalik olim X.U. Kushing, rus olimlari A.L. Polenov, N.N. Burdenko va boshqa ning ishlari neyroxirurgiyaning shakllanishiga imkon berdi. Siydiktanosil azolari kasalliklarini xirurgik usulda davolash yolga qoyilishi tufayli urologiya sohasi qaror topdi. Narkoz berish usuli takomillashtiriddi. Rus xirurgi A. V. Vishnevskiy novokain eritmasi bilan mahalliy ogriqsizlantirish usulini ishlab chikdi 1923 - 30. Zamonaviy narkoz berish usuli va antibakterial terapiya yurak va opka xirurgiyasining rivojlanishiga yol ochdi, suniy qon aylanish apparati va h.k. kashf etildi. Kardioxirurgiya xam yangi odimlar tashladi: tugma va revmatik yurak poroglari xirurgik yol bilan davolana boshlandi. Yurak transplantologiyasiga asos solindi Jan. Afrika xirurgi K. Barnard, 1967.

20-asr boshlarida osmalar haqidagi fan - onkologiya shakllandi. Keyingi tadqiqotlarda osmalarning, chunonchi rakning virusli va kanserogen shakl nazariyalari yuzaga keldi. Mikrobiologiya tez suratlar bilan rivojlandi: silga qarshi vaksina tayyorlandi 1921, A. Kalmet va Sh. Geren. Keyingi izlanishlar natijasida poliomiyelit, difteriya va boshqa infeksion kasalliklarni bartaraf qiladigan vaksina, zardoblar ixtiro qilindi; rikketsioz, leptospirozlar haqidagi talimot ishlab chikidsi. D. I. Ivanovskiyning filtrlanuvchi viruslarni ixtiro qilishi 1892 va Niderlandiya botanigi M. Beyerinkning keyingi tadkiqotlari virusologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishiga olib keldi.

Zamonaviy tibbiyotning bazi muammolari. Ilmiy texnika rivoji, ijtimoiyiqtisodiy ozgarish va muvaffaqiyatlar tufayli aholi sogligini saklashda kasalliklar tarkibida muhim ijobiy ozgarishlar roy berdi, olim kamaydi, uzoq umr koruvchilar soni ortdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda ilgari dunyoda keng tarqalgan ota xavfli epidemik kasalliklar ga barham berildi. Kishilar sogligiga va xalq xojaligiga katta zarar yetkazayotgan gripp, virusli gepatit, orttirilgan immun tanqisligi va boshqa virusli kasalliklarga qarshi kurash shu kunning muhim tibbiy muammolaridan bolib qolmoqsa.

Yuraktomir kasalliklaridan yurakning ishemik kasalligi qarang Infarkt, ateroskleroz, gipertoniya kasalligi va boshqalarning oldini olish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Asabbuzarlik, tamaki chekish, jismoniy mehnat bilan kam shugullanish, meyoridan kop ovqat yeyish, spirtli ichimliklarga ruju kilish, giyohvandlik kabi illatlar bunday kasalliklarning kopayishiga sabab bolmoqda. Lekin bu kasalliklarni oz vaqtida aniqdash va davolashda zamonaviy Tibbiyot anchagina muvaffaqiyatlarga erishdi.

Xavfli osmalarning paydo bolish sabablarini aniqlash va davolash Tibbiyotning eng dolzarb masalasidir. Kimyoviy kanserogen moddalar va nurlanishning tasirini kamaytirish, osmalar paydo qiladigan viruslarni topish va organizmning himoya mexanizmlarini organish muhim masalalardandir. Bu borada Ozbekiston Onkologiya markazi ham faol ish olib bormoqda.

Zamonaviy Tibbiyotning dolzarb masalalaridan yana biri asab va ruhiy ozgarishlarni organishdir, chunki bir qator mamlakatlarda bunga sogliqni saqlashning birinchi masalasi deb qarashmoqda.

Tashqi muhitni muhofaza qilish va soglomlashtirish juda muhim ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Suv, havo, tuproqning ifloslanishi va biosferada ekologik muvozanatning buzilishi kishilar sogligiga salbiy tasir korsatmoqda. Ichimlik suv va tuproqning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishining oldini olish ota dolzarb masaladir. Tashqi muhitni soglomlashtirish, tabiatni muhofaza qilish uchun kurash xalqaro ahamiyatga molik bolib qoldi. Bu sohada keyingi yillarda respublikada shifokorlar, ayniqsa gigiyenist olimlar va maxsus i.t. institutlari jamoalari kopgina arzigulik ishlar qilishdi. Hozirgi zamon Tibbiyoti oldida turgan eng muhim masalalardan yana biri vrach bilan bemor ortasidagi munosabatlarning qarang Tibbiyot deontologiyasi samaradorligiga erishishdir. Organ va toqimalarni kochirib otqazishdagi donorlik, toqimalar moye kelmasligini bartaraf qilish va ushbu muammoga bogliq bir qancha masalalar, mas., ozak hujayralardan davolash maqsadida foydalanish Tibbiyotda muhim orin tutmoqda.

Ozbekistonda tibbiyotning rivojlanishi. Toshkentda Turkiston unti tasis etilishi va uning tarkibida tibbiyot ftining ochilishi Ozbekistonda Tibbiyotning rivojlanishidagi mugim sanadir. Bu ft keyin 1931 yil Toshkent tibbiyot intiga aylantirildi.

1918 yilda Toshkentda mikrobiologiya lab. keyinchalik Epidemiologiya va mikrobiologiya i.t. instituta hamda vaksina va qon zardoblari i.t. institutlari, 1919 yilda N.A. Semashko nomidagi fizioterapiya instituti hozirgi Tibbiy tiklanish va fizioterapiya instituti, 1924 yilda Buxoroda Tibbiyot parazitologiyasi va bezgak instituti keyinchalik Samarqandga kochirilgan tashkil etildi. Tibbiyot xodimlarining kompleks ravishda olib borgan ishlari tufayli bezgak va rishta kabi kasalliklar tugatildi. Bunda olimlarimizdan L.M. Isayev, A.A. Askarov, T.X. Najmiddinov, I.K.Musaboyev, G.N. Terexov va boshqalarning hissasi katta boldi.

Ozbekiston Sil i.t. institutida bemorlarni mehnat bilan davolash usuli ishlab chiqildi Sh.A. Alimov. Respublika ftiziatrlari sil epidemiologiyasi, klinikasi, davolash va oldini olish masalalarini yoritib berishdi. A.N. Kryukov, I.A. Kassirskiy, Z.I. Umidova, M.S. Tursunxojayeva, X.I. Yanbayeva va boshqalarning ishtiroki hamda rahbarligida Ozbekiston iqlimining yuraktomir tizimiga, organizmdagi moddalar almashinuviga va jigar xastaliklariga tasiri organildi. Issiq iqlimning organizmning fiziologik jarayoniga tasirini aniklashda N.V. Danilov, A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov, A.H. Hoshimov, Z.R. Yunusovlar katta i.t. ishlari olib bordilar. Gastroenterologiya masalalari respublika iklimiga va mahalliy aholining turmush xususiyatlari va immun holatiga boglab organildi, bu sohada respublikamiz olimlari A.A. Asqarov, E.I. Otaxonov, N.I. Ismoilov, E.Y. Qosimov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyat kasb etdi. K.A. Zufarov rahbarligida medaichak yolini elektron mikroskopda organish ishlari olib borildi va bu soha boyicha noyob atlas yaratildi.

Buqoqning epidemiologiyasi, klinikasi, davosi va oldini olish gamda biokimyosi sohasida katta tadqiqotlar olib borildi S.A. Masumov, Yo.H. Toraqulov va boshqalar. Keyingi vaqtda nazariy va eksperimental Tibbiyotning asosiy fanlaridan biri - patologik fiziologiya sohasida, chunonchi uning ovqat hazm qilish organlari, moddalar almashinuvi patologyaisi va allergologiya bolimlari boyicha ilmiyamaliy ahamiyatga ega bolgan bir qator tadqiqotlar olib borildi.

Issiq iqlim sharoitida bolalarda x,azm azolari kasalliklarining turli jihatlari organildi. Pediatriyada gemoterapiya, yurak glikozidlarini tatbik, etish va bolalar ovqatlanishi sohasida tadqiqot ishlari olib borildi S.Sh. Shamshiyev, S.N. Yoldoshevavab.

Ozbekistonda xirurgiya maktabining rivojlanishiga S.A. Masumov, H.G. Gofurov, V.V. Vohidov, O.O. Oripov, SM. Azamxojayev, M.A. Ashrapova, P.M. Nurmuhamedov, Sh.I. Karimov va boshqa katta hissa qoshishdi. Umumiy xirurgiya bilan bir qatorda uning tarmoqdari: neyroxirurgiya, ortopediya va travmatologiya, urologiya O.M. Muxtorov va boshqalar, bolalar xirurgiyasi K.X. Tohirov, A.S. Sulaymonov; bolalar yuqumli kasalliklari boyicha ham otkazilgan ilmiy izlanishlar yaxshi samaralar berdi. Respublikada otorinolaringologiya fani Q.J. Mirazizov va boshqa tomonidan ancha taraqqiy ettirildi. Koz kasalliklarini aniklash va davolash masalalari M.K. Komilov, nafas organlarining profilaktikasi, tashhisi va davo usullariga taallukli yangiliklar qolga kiritildi A. M. Ubaydullayev, N. H. PTomirzayev. Gematologiya va qon quyish soqalarida kamqonliklarni barvaqt aniklash, samarali davolashda, komponent gemoterapiyani joriy etish buyicha ham muhim i.t. ishlari otkazildi X.A. Hakimov, S.M. Baxromov va boshqalar. Nafas, hazm va yuraktomir sistemasi kasalliklarini rentgenologik metod bilan aniqlash masalalari yoritib beriddi. Nerv sistemasining infeksion va tomir kasalliklariga oid tadqiqotlar otkaziddi A.R. Rahimjonov, X.Q. Salohiddinov. N.M. Majidov. Psixiatrlar pellagra va quturish kasalliklarida psixikaning buzilishini, shuningdek, psixozlarni davolash masalalarini organishdi X. Olimov. Revmatizm va podagra kasalliklarining qay tarzda kechishi, bularning oldini olish, davolash R.A. Qoraboyeva, T.S. Soliyev joriy etiddi. Dermatovenerologlarning samarali ishlari yumshoq shankrni tugatish, zaxm, dermatomikozlar bilan kasallanishni kamaytirishga imkon berdi. Kurortologlar mahalliy kurort resurslarini organishdi.

Respublikamizda farmakologiya fanining tezlik bilan rivojlanishi natijasida 40 dan ziyod yangi dorilar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etiddi I.K. Komilov, O.B. Zokirov va b. Tibbiyotning asosiy tarmoqdaridan biri - tashqi muhitni organish, aholi yashaydigan joylarni soglomlashtirish, sanitariyagigiyena sharoitini yaxshilash, shaxsiy va ovqatlanish gigiyenasi sohasida ham kop ishlar qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Sogliqni saklash vazirligi tizimida koplab ilmiy tadqiqot intlari, tibbiyot oliy oquv yurtlari, jumladan, Toshkenpg farmatsevtika instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bor, ularda 3000 ga yaqin ilmiy xodim, shu jumladan, 2000 fan nomzodi va 250 dan ziyod fan doktori ishlab turibdi 2004.

Saidjshol Bahromov, Erkin Qosimov, Najiulla Shomirzayev.

                                     
  • O ZBEKISTON TIBBIYOT JURNALI - O zbekiston tibbiyot xodimlarining ilmiyamaliy jurnali. Muassisi: O zbekiston Respublikasi sog liqni saqlash vazirligi
  • Tibbiyot ilmiy kutubxonasi, O zbekiston Respublikasi Sog liqni saqlash vazirligining tibbiyot ilmiy kutubxonasi - O zbekistondagi yirik ilmiy kutubxonalardan
  • Toshkent tibbiyot akademiyasi - respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy o quv yurti hisoblanadi. O zbekiston Respublikasi
  • Tibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning ta sirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari
  • Respublikasi Sog liqni saqlash vazirligining Isayev nomidagi O zbekiston tibbiyot parazitologiyasi ilmiy tadqiqot instituti - parazitar kasalliklar rishta
  • Kosmik tibbiyot - tibbiyotnit bir sohasi kosmik parvozning odam salomatligi va ish qobiliyatiga bo lgan ta sirini o rganadi kosmik apparatlarni boshqarish
  • Sud - tibbiyot ekspertizasi - sud ekspertizasi turlaridan biri jinoiy yoki fuqaroviy ishlarni olib borayotganda tibbiy masalalarni mutaxassislar tomonidan
  • Osiyo universitetining tibbiyot fakulteti O rta Osiyo tibbiyot institutiga aylantirildi. 1935 yildan Toshkent davlat tibbiyot instituti deb ataladi. 1990
  • Samarqand Davlat tibbiyot instituti Markaziy Osiyoda eng ko xna tibbiy oliygohlardan biri hisoblanadi. Institut dunyoga dovrug i tarqalgan va asrlar
  • Buxoro tibbiyot instituti, Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot instituti - Buxoro shahridagi oliy malakali mutaxassis vrachlar tayyorlaydigan oliy
                                               

Krizis (manolari)

Krizis: Krizis tibbiyot tibbiyotda - isitmali otkir kasallikning kechishida keskin ozgarish odatda, sogayish tomonga roy berishi. Krizis yun.

                                               

Depressiya (manolari)

Depressiya: Depressiya tibbiyot tibbiyotda - oziga ishonmaslik ruhidagi gamginlik, tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, tasavvurlarning bir "qolip"ga tushib qolishi, xohish-istakning kamayishi, harakatlarning chegaralanishi. Depressiya lot.

                                               

Eroziya (manolari)

Eroziya: Eroziya lot. yego8yu - yemirilish - tog jinslari va tuproqning oqar suvlar tasirida yemirilish jarayoni. Eroziya tibbiyot tibbiyotda - teri epitelial yoki shilliq qavatlarining shilinishi va yaralanishi.

                                               

Konservalash (manolari)

Konservalash: Konservalash - oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash usuli; konserva tayyorlash. Konservalash tibbiyot tibbiyotda -donor qoni va uning hujayraviy elementlari ni organizmdan tashqarida uzoq muddat saqlash.

                                               

Shina (manolari)

Shina: Shina tibbiyot tibbiyotda - suyak, bogim, yumshoq toqimalar shikastlanganda va kasallanganda ularni qimirlatmay qoyish immobilizatsiya maqsadida ishlatiladigan moslama. Shina nem. texnikada - avtomobil, traktor va boshqalar mashinalarning gidsiragi gardishiga kiygiziladigan rezina yoki rezinatoqimali pnevmatik qobiq; gildirakning yol bilan tishlashishini taminlaydi, notekis yollardagi turtki va zarbalarni yumshatadi.

Users also searched:

samarqand davlat tibbiyot instituti sayti, tibbiyot instituti, tibbiyot yangiliklari 2020, tibbiyot yangiliklari,

...
...
...