Топ-100
Back

ⓘ Bozorboy Berkinov - iqtisod fanlari doktori, professor. Ozbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Korporativ boshqaruv, ..




                                     

ⓘ Bozorboy Berkinov

Bozorboy Berkinov - iqtisod fanlari doktori, professor." Ozbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Korporativ boshqaruv, xususiy mulkchilik, investitsiyalarni boshqarish hamda bozor islohotlarini takomillashtirish yonalishlari boyicha AQSh, Misr Arab Respublikasi, Qozogiston Respublikasida malaka oshirgan.

                                     

1. Hayoti va mehnat faoliyati

Bozorboy Berkinov 1946-yil 14-iyunda Samarqand viloyati Poyariq tumani Oytamgali qishloq fuqarolar kengashiga qarashli" Katta turk” qishlogida dehqon oilasida tugilgan.

1961 yilda oz mehnat faoliyatini kolxozchi sifatida boshlagan. Orta maktabni bitirib, 1963-68 yillarda Samarqand Davlat universitetining mexanika-matematika fakultetida talim olgan va muvaffaqiyatli tamomlagan.

1968-1971 yillarda OzFA Kibernetika institutiToshkenti aspiranturasini tamomlagan.

1972-1994 yillarda OzR FA Kibernetika institutida dastlab kichik ilmiy xodim, keyin katta ilmiy xodim, maxsus loyiha-konstruktorlik byurosida loyiha bosh muhandisi, laboratoriya mudiri, institut direktorining ilmiy ishlar boyicha orinbosari lavozimlarida ishladi.

1994 2006 yillarda Ozbekiston Respublikasi Davlat mulki qomitasi hozirgi Davlat raqobat qomitasi huzuridagi Hisoblash markazli kop ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari Ilmiy markaz direktori, Bozor islohotlarini chuqurlashtirish instituti direktorining ilmiy ishlar boyicha orinbosari lavozimlarida ishladi.

2006 yildan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida" Institutsional va iqtisodiy tadqiqotlar markazi” rahbari," Makroiqtisodiyot” kafedrasi mudiri2007-2010y., professori lavozimlarida ishlab kelmoqda.

                                     

2. Ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati

1972-1994 yillar davomida Bozorboy Berkinov Kibernetika institutida agroiqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, agro-sanoat majmui tarmoqlari va korxonalarini isloh qilish va rivojlantirish muammolari ustida samarali faoliyat olib bordi va bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi.

1975 yilda Toshkent Xalq xojaligi instituti ixtisoslashgan kengashida q.x.f.n., professor Vahob Abdurazzoqov rahbarligida" Tuman hududida qishloq xojalik ishlab chiqarishini maqbul ixtisoslashtirish, joylashtirish va rivojlantirish” mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1991 yilda akademik V.Q.Qobulov va professor G.V.BesnaxotniyRossiya rahbarligida" Paxtachilik mintaqasida qishloq xojaligini yuritish tizimlarini modellashtirish” mavzuida" Iqtisodiy-matematik usullar” ixtisosligiga Toshkent xalq xojalik instituti hozir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda doktorlik disseratatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Mustaqillik yillari mobaynida B.Berkinov yakka va hammualliflikda 4 ta monografiya, 14 ta oquv qollanma, 8 ta ilmiy-ommabop risola, 65 dan ortiq ilmiy maqola chop ettirdi.

1994-2006 yillari Davlat mulki qomitasi huzuridagi" Hisoblash markazli kop ukladli iqtisodiyotni shakllantirish muammolari ilmiy markazi”, Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy tadqiqot instituti da kop ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish uchun ota muhim bolgan qonunchilik hujjatlari va dasturlari loyihalarini ishlab chiqish va joriy etishda, jumladan," Xususiy korxona togrisida”gi," Rieltorlik faoliyati togrisida”gi," Ipoteka togrisida”gi," Fermer xojaliklari togrisida”gi," Dehqon xojaliklari togrisida”gi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlari loyihalarini tayyorlashda faol ishtirok etdi.

Oliy iqtisodiy talimning oquv rejalariga ilk bor" Institutsional iqtisodiyot” bakalavr yonalishi," Indekativ rejalashtirish” hamda" Makroiqtisodiy siyosat” magistratura mutaxassisligi kabi fanlarni kiritishda tashabbus korsatdi.

Ozbekiston iqtisodiyotini institutsional rivojlantirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini hamda tarkibiy islohotlarni izchil davom ettirish asosida xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka keng yol ochib berish talablarini hisobga olgan holda, oliy iqtisodiy talimga moljallangan" Korporativ boshqaruv”," Institutsional iqtisodiyot”," Indekativ rejalashtirish”," Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash”," Kochmas mulkni baholash”," Biznes qiymatini baholash”," Dehqon xojaligi iqtisodiyoti”," Ekonometrika”," Milliy iqtisodiyot” fanlari boyicha yangi oquv adabiyotlarni tayyorladi va chop ettirdi.

2010 yilda chop etilgan" Kochmas mulkni baholash” hammualliflikda oquv qollanma Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining" Yilning eng yaxshi oquv qollanmasi” tanlovida 1-darajali diplomga sazovor bolgan va pul mukofoti bilan taqdirlangan.

Iqtisodiyotning turli sohalariga doir chop etilgan ilmiy tadqiqotlarning jami soni 165 nomdan ortadi. Institutsional iqtisodiyotning ilmiy-nazariy masalalari, xususiy tadbirkorlik, mulkdorlar sinfini shakllantirish, korporativ boshqaruv, tarmoqlarni isloh qilish muammolariga bagishlangan 45 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.

B.Berkinov iqtisodiy tadqiqotlarning yirik maktabini shakllantirgan. 65 dan ortiq nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarining mualliflariga bevosita ilmiy rahbar bolgan, shundan mustaqillik yillarida 2 ta fan doktori va 12 ta fan nomzodi tayyorlangan. Hozirda ushbu ilmiy maktab bitiruvchilari va tadqiqotchilari respublika ilmiy markazlari, oliy oquv yurtlari va boshqaruv tizimlaridagi islohotlarga ozlarining munosib amaliy xissalarini qoshib kelmoqdalar.

B.Berkinov 3 marta Davlat ilmiy-texnika dasturi loyihalari tanlovi golibi bolgan. Loyiha tadqiqotlari natijalari boyicha 6 ta monografiya va 2 ta ilmiy konferensiya maruzalari toplami, Ozbekiston va xorij jurnallarida 28 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. 2015-2017 yillar uchun moljallangan B.Berkinov rahbarligida bajarilayotgan ilmiy loyixa ishining mavzusi" Ozbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlanishining institutsional mexanizmlarini takomillashtirish” –degan nom bilan ataladi.

                                     

3. Manbalar

  • Berkinov B. B Institutsional iqtisodiyot. Oquv qollanma. 2-nashr, qayta ishlangan. - Toshkent: "Iqtisodiyot", 2011. - 247 b.
  • Бутиков И. Л., Беркинов Б. Б., Яушев Р.И. - Рыночные преобразования и развитие предпринимательства. - Ташкент: Консаудитинформ, 2002. - 352 с.
  • Berkinov. B. B. Institutsional iqtisodiyot. Oquv qollanma-Toshkent: Yangi nashr, 2011. - 248 b.
  • Razzoqov A., Toshmatov Sh., Ormonov N. Iqtisodiy talimotlar tarixi. - Toshkent: "Moliya". 2002. - 247 b.

Users also searched:

...
...
...