Топ-100
Back

ⓘ Ismoil Saifnazarov 1948 - yil Toshkent viloyati Yangiyol tumanida tavallud topgan. 1971 - yilda Toshkent davlat universitetini hozirgi Ozbekiston Milliy Univers ..




                                     

ⓘ Ismoil Saifnazarov

Ismoil Saifnazarov 1948 - yil Toshkent viloyati Yangiyol tumanida tavallud topgan.

1971 - yilda Toshkent davlat universitetini hozirgi Ozbekiston Milliy Universiteti falsafa ixtisosligi boyicha tugatib, Toshkent xalq xojaligi institutining hozirgi TDIU" Falsafa” kafedrasi assistenti lavozimida ish boshlagan.

Katta oqituvchi, dotsent, professor va kafedra mudiri 1990-1993; 1998-2010 institut yoshlar qomitasi kotibi 1976-1979, Xorijiy talabalar dekani 1979-1985, institut partiya qomitasi kotibi 1985-1990, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Respublika iqtisodiyot litseyi birinchi direktori 1993-1997, TDIU manaviy-marifiy masalalar boyicha birinchi prorektori 1997-2001, TDIU Birlashgan kasaba uyushmasi raisi 2002-2005 bolgan

2015 - yil 12 - yanvardan boshlab TDIU" falsafa” kafedrasi professori lavozimida mehnat qilmoqda.

                                     

1. Ijtimoiy-siyosiy faoliyati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi AKT masalalari qomitasi raisi orinbosari 2005-2008, Qonunchilik palatasi Spikeri orinbosari 2008-2012, AKT qomitasi azosi 2013-2015 lavozimlarida ishlagan.

U ikki chaqiriq 2005-2009, 2010-2015 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va Ozbekiston" Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi hamda partiya fraksiyasi rahbari 2008-2013 bolgan.

I.Saifnazarov ijtimoiy–siyosiy faoliyatining bosh mezoni - mavjud ijtimoiy ahloqiy qiyinchiliklarga qaramasdan, mehnat jamoalaridagi ulkan islohotlarni izchil davom ettirish va xususiy tadbirkorlikka yanada keng yol ochib berish hisobidan mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga komaklashishdan iborat.

                                     

2. Ilmiy –pedagogik faoliyati

I.Saifnazarov 1983 - yili nomzodlik, 1992 - yilda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1985 - yilda dotsentlik, 1994 - yilda professorlik ilmiy unvonini olgan.

1983 - yilda" Shaxsning har tomonlama rivojlanishida ishlab chiqarish jamoalarining roli”. "Роль производственного коллектива во всестороннем развитии личности" mavzuida tayyorlagan dissertatsiya ishi uchun falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.

Nomzodlik dissertatsiya ishi boyicha ilmiy rahbar- falsafa fanlari doktori, professor Abdushukurov Telman Rustamovich bolgan.

1992 - yilda falsafa fanlari doktori ilmiy darajasiga" Zamonaviy mehnat jamoalarining ijtimoiy ahloqiy mohiyati”, Социально-нравственная сущность современного трудового коллектива mavzuidagi dissertatsiya ishi uchun erishgan.

Professor I. Saifnazarov muallifligi va rahbarligida:" Filosofiya” rus tilida," Ilmiy ijod metodologiyasi” ozbek va rus tillarida," Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va" Fanning falsafiy masalalari ” ozbek va rus tillarida," Menejment asoslari” ozbek va rus tillarida kabi oquv qollanmalari nashr etilgan.

Professor I. Saifnazarov Ijtimoiy falsafa, manaviyat, siyosiy madaniyat, jamiyat axborotlashuvi, boshqaruv va fan metodologiyasi sohalarida ilmiy faoliyat olib boradi. 200 dan ortiq monografiya, risola, ilmiy maqola, tezis, oquv-uslubiy ishlanmalar muallifi.

                                     

3. Xorijiy ilmiy safarlari

1997 - yili AQSh

, 1998 - yili Malayziyaning

va 2001 - yil Janubiy Koreyaning Xose universitetida xalqaro loyihalarda ishtirok etgan va malaka oshirgan.

                                     

4. Manbalar

  • Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси расмий сайти -
  • OzMU. - rasmiy sayti
  • Ўзбекистон "Адолат" социал-демократик партияси расмий веб-сайти -
  • TDIU - rasmiy sayti