Топ-100
Back

ⓘ Toshkent davlat texnika universitetining Qoqon filiali - muhandislik texnologiyalari, geologiya, texnika sohalarida mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat t ..




                                     

ⓘ Toshkent davlat texnika universitetining Qoqon filiali

Toshkent davlat texnika universitetining Qoqon filiali - muhandislik texnologiyalari, geologiya, texnika sohalarida mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat texnika universitetining Fargona vodiysidagi ilk va hozircha yagona filialidir

                                     

1. Tarixi

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoqon filialini tashkil etish togrisida" gi 2018-yil 22-sentyabrdagi 754-son Qaroriga asosan tashkil qilingan.

                                     

2. Vazifalari

Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilangan:

- sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muhandislik ishi hamda ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari uchun, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar va jihozlar, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyalari yonalishlari boyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taminlash;

- iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgor xorijiy texnologiyalarni sinab korish va joriy etishga yonaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;

- kadrlar buyurtmachilari takliflari hamda xorijiy mamlakatlar talim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish bakalavriat talim yonalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;

- oquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy talim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantirish;

- respublika va xorijiy oliy talim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktaranturaga muntazam yuborish orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.